Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Xomashyo va 
quvvatning yangi 
manbalarini topish
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


195
bir xil yechimga ham ega emas. insoniyat bularni hal etish choralarini 
tinimsiz izlamog‘i lozim. hozirgi zamon tafakkuri darajasida 
mulohaza yurituvchi ko‘pgina mutaxassislarning hisoblashicha
global buhronlarni bartaraf etishning dastlabki sharti – bu ma’naviy 
yuksaklik, uning insoniylashgani bo‘ladi. zamonaviy insonparvarlik 
eng kamida uchta asosga: globallashuvni anglashga, zo‘ravonlikdan 
voz kechishga va adolatlilikka tayanadi. bularning hammasi inson 
huquqlarini tan olishga va insoniyatning yaxlit ma’naviy-axloqiy 
takomili tizimini yaratishga borib taqaladi.
xalqaro kuch-g‘ayratlarni birlashtirish global muammolarni 
hal etishning muhim omili hisoblanadi. shu yo‘l bilan savdoni 
rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash mum-
kin.
global muammolar xalqlar, mamlakatlarning xususiy va umumiy 
manfaatlari bilan aloqador Rio-de-Janeyroda 1992-yili bo‘lib o‘tgan 
xalqaro anjumanda ham alohida ta’kidlangan edi. davlatlar va 
hukumatlar boshliqlari ishtirokida o‘tgan bu anjumanda 
«barqaror 
rivojlanish konsepsiyasi»
qabul qilinib, unda ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarning yechimini atrof-muhitni himoya qilish, hozirgi 
avlod hayotiy ehtiyojlarini qondirishni kelajak avlod uchun ham 
shunday imkoniyatlar qoldirish bilan qo‘shib olib borish ko‘rsatib 
o‘tildi.
Asosiy tushunchalar

Baynal i
jtimoiylik
– insoniyatning asosiy ijtimoiy birlik lari 
o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.

Etikologiya
– kishilar ma’naviyati sofligini saqlash va uni 
tanazzuldan asrashni anglatadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə