Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

urush va tinchlik 
masalasi
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


191
mutlaqo o‘zgarishi mumkin. shimoliy yarim shardan janubga qarab 
nur o‘tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab oladi. 
Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi. ekologiyaviy aloqalar 
buziladi, hosil nobud bo‘ladi. yer ustida va okeanlarda hayot tugaydi. 
bularning hammasi yadro quroli siyosat vositasi va, hatto, urush 
vositasi ham bo‘lmay, balki insoniyat uchun o‘z-o‘zini halok etish 
quroli ekanligini ko‘rsatadi. 
global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlarni 
keskin kamaytirishni taqozo etadi. negaki, insoniyat 1900-yildan beri 
harbiy ishga ajratilgan mablag‘larni 
30 martadan
ko‘proq oshirdi. u 
90-yillar boshiga kelib 
500 milliard
dollarga yetdi. harbiy va aslaha 
sanoatida 
60 million
kishi faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, muntazam 
qo‘shinlarda 
25 milliondan
ortiq shaxsiy tarkib, 
10 millionlik
yarim 
harbiy muassasalarda ishlovchi 
5 million
fuqaroviy kasb egasi bor. bu 
sohalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida 
500 ming
kishi 
bandki, bu dunyodagi olim va muhandislarning qariyb 40% ini tashkil 
etadi. Fan rivojlanishiga har yili ajratiladigan xarajatlarning beshdan 
ikki qismi yoki 
30 milliard
dollardan ortiqrog‘i harbiy tadqiqot 
maqsadlariga ketgan
1
.
hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘lar keltirishi mumkin 
bo‘l gan ziyon yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda. 
Jahonda qurollanishga ajratilgan mablag‘larning 80%i shu sohaga 
sarflanmoqda.
urush va tinchlik masalalarida aqshning o‘rni hozirgi vaqtda hal 
qiluvchi darajaga yetdi. 
sayyorada umumbashariy tinchlikni 
ta’minlash ehtiyojlari bilan g‘arbning 
sobiq mustamlaka yoki vassali bo‘lgan 
130 dan ortiq mamlakat ijtimoiy rivoj-
lanishini jadallashtirish vazifalari o‘zaro bog‘liqdir. 
bu mamlakatlarda o‘tmishda xo‘jalik hayoti zo‘rlik bilan 
o‘zgartirilgani tufayli ko‘pincha turg‘un holda bo‘lgan, qoloq siyosiy 
munosabatlar saqlab qolingan edi. aksariyat rivojlangan davlatlar 
1
bu raqamlar 90-yillar boshigacha bo‘lgan davrni ifodalaydi. hozirgi bir 
qator yirik harbiy davlatlarda konversiya jarayoni boshlangan bo‘lsa-da, lekin 
qurollanish xarajatlari kattaligicha qolmoqda.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə