Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
muammolari
viii bob. Globallashuv va global muammolar
www.ziyouz.com kutubxonasi


192
bularga xomashyo manbasi, salmoqli bozor va kapital chiqarish uchun 
qulay makon sifatida qaraydilar. ularning qoloqligini tugatish global 
muammo hisoblanadi. buning uchun hozirgacha va hozirda ham amal 
qilayotgan xalqaro iqtisodiy tartibotni o‘rnatish zarur bo‘ladi. 
yangi xalqaro iqtisodiy tartibot nafaqat rivojlanayotgan dav-
latlar uchun, balki sovetlardan keyingi hududlar davlatlari va sobiq 
sotsialistik mamlakatlar uchun ham zarurdir. Chunki ularning 
o‘rtacha rivojlanganligi darajasi g‘arbning ilgarilab ketgan industrial 
mamlakatlariga yetib olishini ta’minlamaydi. 
hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati, 
uning sofligini asrash ijtimoiy rivoj-
lanishning ichki jarayonlari tug‘dirgan 
yana bir global muammo sifatida maydonga chiqmoqda. gap 
shundaki, zo‘ravonlik va nafrat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda 
chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni tobora zaharlamoqda. buni 
to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga erishish vazifalari dunyo 
miqyosida kuch-g‘ayratlarni birlashtirishni taqozo etmoqda.
ma’naviy muhitni bulg‘ashda keyingi vaqtlarda ayniqsa 
ichkilikbozlik va bangilikning o‘rni katta bo‘lmoqda. ko‘pgina 
mamlakatlar bu xil moddalarni tarqatganlik uchun og‘ir jazo (masalan, 
eron islom Respublikasida – o‘lim, Fransiyada – 
10 yil, AQSHda – 
15 yil, 
voyaga yetmaganlarga bangilik moddalarini sotgani uchun – 
30 yildan
umrbod muddatgacha qamoq jazosi) belgilanganiga qaramay, 
aholining muayyan qismida bangilikka ruju qo‘yish avj olgan. shuning 
uchun ham bmt darajasida tegishli tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy 
illatga qarshi ommaviy kurashilmoqda. lekin bangilik moddalarini 
tayyorlash va sotishdan g‘oyat katta foyda olayotgan korchalonlar, 
bu og‘udan o‘layotganlar soni yildan yilga oshib borayotganligiga 
qaramay, barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar.
«eng qadimiy kasb» vorislari ham axloq-odob muammosini 
keskinlashtirishda o‘z «hissalarini» qo‘shishmoqda. Fahsh sindromi
ko‘p mamlakatlarda rivojlanib bormoqda. shimoliy yevropada behayo 
filmlar, adabiyotlar chiqarishdan olinayotgan foyda o‘nlab milliard 
dollarga yetadi.
axloqiylik muammosi tarkibida va undan tashqariga chiqadigan 
hollarda ham terrorchilikning o‘rni alohidadir. ijtimoiy antogonizm 
shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan terrorchilikning xillari tobora 
ko‘payib bormoqda.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə