Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

«uchinchi dunyo»
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


201
Jahonning yangi 
tartiboti
bu guruh mamlakatlar chetdan keltiriladigan mablag‘ va 
texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qolgan. kelayotgan yordam belgi-
langan joyga ko‘pincha yetib bormay davlat amaldorlari o‘rtasida 
taqsimlanadi. bularning hukmron doiralari «markaz» guruhidagi 
tegishli davlat bilan bog‘liq bo‘ladi. u davlatdagi o‘zgarishlar 
bu yerda ham aks-sado beradi. to‘g‘ri, muayyan sharoitlarda u 
yoki bu yordam oluvchi davlat oldinga o‘tib ketishi mumkin. 
mustamlakachilikdan ozod bo‘lib davlat istiqlolini qo‘lga kiritgan 
mamlakat dastlab «uzoqlikda»gi guruhga kirgan bo‘lsa, keyinroq 
«yarim uzoqlikda»gilarga yaqinlashganligiga misollar yetarli. 
masalan, 
Hindiston
harbiy sanoatda, hisoblash texnikasi ishlab 
chiqarish va yengil sanoatda ancha ilgarilab ketgan bo‘lsa, 
Koreya 
Respublikasi 
(Janubiy koreya) «yadro» davlatlari turkumiga kirib 
ulgurdi.
hozirgi vaqtda yangi sivilizatsiyaviy 
sifat holatiga o‘tilayotganligi tashkiliy 
jihatlardan tegishli jahoniy tartibotlarning 
yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Bular-
ning iqtisodiyot sohasida shakllanishi ii jahon urushidan keyin 
boshlangan edi, deyish mumkin. masalan, 1947-yilda imzolangan 
Ta’rif va savdo to‘g‘risida Bosh shartnoma 
(keyinroq 
Jahon savdo 
tashkilotiga
aylantirilgan), bir yil o‘tib ta’sis etilgan 
Yevropa iqtisodiy
hamkorlik
tashkiloti (1960-yilda kengaytirib iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish tashkiloti deb atalgan), avvalboshdan mintaqa miqyosida 
bo‘lib huquqiy, ilmiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda siyosatni 
muvofiqlashtirishni ko‘zlagan 
Yevropa kengashi 
(1949-y.), 
Yevropa 
po‘lat va ko‘mir uyushmasi
(1950-y.) olti yildan so‘ng uning asosida 
Yevropa iqtisodiy kengashi
va 
Yevropaning atom energiyasi
bo‘yicha 
hamjamiyati, angliya boshchiligida shimoliy yevropa davlatlarining 
bularga muqobillikdagi 
Yevropa erkin savdo integratsiyasining
(1960-y.) keyinroq (1991-y.) eikga qo‘shilishi bilan yevropaning 
iqtisodiy makoni tuzilishiga olib keldi. O‘z navbatida, bularning 
natijasi o‘laroq qit’a g‘arbida barcha sohalarda keskin o‘sish ro‘y 
berdi. 1993-yilda yevropa yagona fuqaroligi kelishildi va xxi asrga 
yangi valuta – yevro bilan kirildi. ko‘rinadiki, mintaqaning ilgari 
bo‘lmagan yangi tartiboti amal qila boshladi va o‘zining hayotiyligini 
ko‘rsatdi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə