Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

hozirgi global 
muammolar
viii bob. Globallashuv va global muammolar
www.ziyouz.com kutubxonasi


190
Ikkinchi
guruhga inson va u mansub bo‘lgan jamiyat tizimida 
yuzaga kelgan munosabatlarni ifodalaydigan muammolar kiradi. 
Uchinchisi
o‘z ichiga «jamiyat-tabiat» tizimi doirasidagi munosa-
batlar tug‘dirgan muammolarni oladi. 
global muammolarning muhim jihatlaridan biri fan-texnika 
taraqqiyoti bilan aloqadorlikdaligidir. Fanda erishilgan kashfiyotlar 
tezda yangi texnika vositalari yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida, 
texnik rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlarni sodir etishga 
jiddiy turtki bermoqda. agar insoniyat ajdodlari yozuv ixtiro 
qilgunga qadar taxminan 3 million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa, 
undan 5 ming yil keyingina 
kitob bosishni
o‘rgandi. undan 500 yil 
o‘tib 
telefon, radio
va 
televideniyega
ega bo‘ldi, an’anaviy eshituv-
ko‘ruv vositalaridan 
kompyuterlarga
o‘tish uchun atigi 50 yilcha vaqt 
kerak bo‘ldi. Bularning natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar kim 
qanday maqsadlarni ko‘zlasa, o‘shalarga tatbiq etilmoqda. bu esa 
global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib 
kelmoqda.
tinchlik xalqlar uchun bebaho ne’mat 
bo‘lganidek, urush ham insoniyatning 
butun tarixi davomida uning doimiy 
yo‘ldoshi bo‘lib keldi. yozma yodgor-
liklarning guvohlik berishicha, so‘nggi 6 ming yillik vaqt mobaynida 
yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo‘lgan. shu davr ichida 
atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. amerikalik muallif R.klarkning 
«urush ilmi va tinchlik» kitobida keltirilishicha, 1820–1859-yillarda 
92 ta urushda 800 ming (ja’mi aholining 0,1%i), 1860–1899-yillarda 
106 ta urushda 4,6 million (0,4%), 1900–1949-yillarda esa 117 ta 
urushda 42,5 million (2,1%) odam qirilib ketgan. 
bizning davrimizda ham xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi 
munosabatlar tarkibi, xalqaro siyosat mexanizmi, urushlarga 
tayyorgarlik ko‘rish mexanizmlari va hokazolar o‘zgarishsiz qolgan.
matematikaning so‘nggi yutuqlari asosidagi hisob-kitob – 
modellashtirish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda to‘plangan yadro 
zaryadlari portlatilsa, amerika, yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar 
yong‘in ostida qolib ketishi, bir oydan so‘ng yer ustidagi atmosfera 
harorati 15–20 darajada, sibir markazi va boshqa ayrim mintaqalarda 
esa, 40–45 darajagacha pasayib, uning aylanishi (sirkulyatsiyasi) 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə