Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ishchi faraz
qurolsozlikda insonning 
hayvondan farqlari 
to‘g‘risida
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


31
qurollar yasash
ekanligi aytiladi. antro pogenezning markscha 
tushuntiradigan ta’limotida buni hayvondan insonga o‘tishning 
bosh 
bo‘g‘ini tarzida
qarash mavjud. bu, albatta, o‘zining mavhumligi 
bilan ba’zi chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Chunki insonning 
hayvon ajdodlaridagi sodda qurollarni yasash va ulardan foydalanishi 
to‘laligicha 
antropobiologik instinktivlikdan
iborat bo‘lgan. bunda, 
birinchi navbatda, bu ajdodlarning hayot faoliyati uchun yordamchi 
vosita bo‘lib hisoblangan va, nihoyat, faoliyat orqali hayvonlar tashqi 
muhitga instinktiv moslashgan. hayvonlarda instinktiv qurollar yasash 
faoliyati shakllarining kelib chiqishi gominidlardan insonga o‘tishni 
amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilgan.
gominidlar rivojlanishida insoniylikning boshlang‘ich davri 
bo‘lib qurolsozlik faoliyati va undan instinktiv yordamchi vosita 
sifatida foydalanishning asta-sekin inson hayot faoliyatining o‘ziga 
xos usuliga o‘tishi hisoblanadi. O‘ziga xoslik esa mehnat qurollarini 
yasash, ishlab chiqarish alohida ehtiyojga aylanishidan iboratki, busiz 
inson hayotining o‘zi ham amalda bo‘lmas edi.
qurolsozlik faoliyati tufayli ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti 
kabi zaruriy munosabatlarning kurtaklari qaror topadi. ya’ni, ibtidoiy 
jamoaning har bir a’zosi hayot kechirishni ta’minlash vositasining 
o‘ziga tegishli qismini bajargan. qurollar murakkablashib borgan sari 
jamoa a’zolarining o‘zaro bir-birlariga bog‘liqligi ham shunga muvofiq 
ortib borgan. ayni vaqtda, bu holat individual qobiliyatlarni namoyon 
etish shart-sharoitlarini yaratib, birgalikda kechadigan faoliyatning 
unumdorligini oshirgan. 
insondagi bu mehnat taqsimoti eng tipik ko‘rinishda bamisoli 
asalarilar oilasidagi tabiat tomonidan instinktiv belgilangan dasturlarni 
eslatadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə