Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Tafakkur va til
i bob. Antroposotsiogenez
2 – 661
www.ziyouz.com kutubxonasi


34
sotsiogenez omili sifatida til ibtidoiy kishilarni birlashtirib
axborotlarni
berish va olish imkoniyatini ta’minlagan. hayot 
faoliyatining murakkablashuvi bilan axborotlarga bo‘lgan ehtiyoj 
tilning rivojlanishini taqozo etgan. til tabiiy tovushlar yig‘indisidan 
hosil bo‘lgan. O‘zaro aloqa ehtiyoji bu primitiv, ammo muhim 
vositani takomillashtirishni taqozo qiladi. natijada ovoz va tovushlar 
ko‘rinishida keltirilib, ulardan so‘zlar yasash mumkin bo‘ladi. 
tilda, uning keyingi rivojlanishi davomida 
ifodalanish
orqali ta’sir 
etish va mansublikni aniqlash vazifalari farqlanadi. 
inson ajdodlaridagi til asta-sekin narsalar va jarayonlar 
mohiyatiga 
kirib borish vositasiga aylandi. unda muhim bog‘lanishlar va 
munosabatlar qayd etila borgan. inson tashqi muhitga hayvonlarga 
qaraganda yaxshiroq moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ayni 
vaqtda, olingan bilimlar tufayli inson tashqi voqelikni o‘ziga 
moslashtirishga muayyan darajada erishib boradi.
barcha hayvonlar hayotida bo‘lganidek, 
gominidlar faoliyatida ham tadri jiy likning 
umumiy turi sifatida ruhiyat bilan bog‘liq 
bo‘lgan tanlov mavjuddir. biroq sotsiogenezda uning o‘rni ibtidoiy 
jamoa kishilari to‘dasida boshqa hayvonlardagi eng kuchlisining 
yashab qolishi bo‘lmay, balki birgalikdagi faoliyatini lozim darajada 
tashkil etgan individ tanlanadi. Chunki gominidlar jamoasi qanday 
tashkil etilganiga bog‘liq holdagina ularning keyingi hayoti davom 
etadi. aks holda ichki yoki tashqi ta’sirlar ostida ular qirilib ketgan 
bo‘lar edi.
tanlov ba’zan shunday yuz berishi mumkinki, bunda individlar 
o‘zlari uchun emas, balki mansub bo‘lgan guruhi uchun zarur xatti-
harakati orqali tanlanadi va shuning natijasida yashab ham qoladi. 
bunda gominidlar jamoasining aniq tashkillashganligi yashash uchun 
kurashda hal qiluvchi vosita hisoblanadi.
kishilar ajdodlarining areali kengayib borishi bilan ularning xilma-
xil sharoitlarga, birinchi navbatda, har doim ham qulay bo‘lmagan 
tabiiy sharoitlarga duch kelishi o‘z-o‘zidan ravshan. primatlarning 
sharoitlarga ko‘nikishi natijasida ular turlarining ayrimlari ichida 
farqlanish yuz bergan. bu jarayonda ham tanlov namoyon bo‘lib, 
ularning yangi xususiyatlari mustahkamlanib borgan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə