Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Sotsiogenezning 
davomiyligi
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


36
erishilgan natijalar muayyan xulosalar 
chiqarish uchun yetarli. tadrijiylik na-
za riyasi vakillaridan biri amerikalik 
l.g.morgan asosiy kasbi advokatlik 
bo‘lishiga qaramay, 40 yil davomida antropologiya bilan ham 
shug‘ullangan. u o‘zining 
«Qadimgi jamiyat»
asarida insoniyat 
madaniyati va jamiyati tadriji masalalarini yoritdi. Olim insoniyat 
rivojlanishini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlariga 
bo‘ldi. 
morgan ilgari surgan g‘oyalardan foydalanib, uning tarafdorlaridan 
biri insoniyat ibtidoiy jamoa davri tarixini davrlashtirgan edi. 
Chunonchi, yovvoyilik davri uch bosqichga bo‘lingan:
1. insoniyat zoti yoshligini bildirgan quyi darajasida kishilar ilk 
makonlari bo‘lgan tropik va subtropik o‘rmonlarda daraxt va ildiz 
mevalari iste’mol qilib yashaganlar va aniq nutq ular yetukligining 
bosh belgisi bo‘lgan.
2. O‘rta bosqichda kishilar baliq mahsulotlaridan, olovdan 
foydalanib oziq-ovqatlar tayyorlagan hamda daryo va ko‘llar atrofida 
joylasha boshlagan.
3. Oliy bosqichda o‘q-yoy ixtiro etilgani tufayli ovchilik bilan 
doimiy shug‘ullanish mumkin bo‘lgan.
sotsiogenez bosqichini morgan nazariyasi yo‘nalishida rus 
etnografi 
V.P.Alekseyev
insoniyat tarixining boshlanishini insonning 
kelib chiqishidan, insonning o‘zini esa gominidlar oilasi shakllanishi 
va mehnat faoliyati boshlashidan olishni taklif qildi. 
v.p.alekseyev ibtidoiy to‘da davrini quyidagicha izohlaydi:
Birinchi bosqich
– bir necha million yil avval yashagan 
avstralopiteklar kichik oilasida hayvonot dunyosidan ajralib 
chiqishining ilk kurtagi ko‘rina boshlagan.
Ikkinchi bosqich
– pitekantrop turi davri. ularda sodda nutq va til 
paydo bo‘lgan, ov qilish qurollari va usullari murakkablashgan bo‘lib, 
ovchilik jamoalari o‘zaro munosabatlari murakkablashganidan darak 
bergan. bu davrdagi inson ajdodlarida jinsiy masalada ba’zi taqiqlar – 
tabu yo‘lga qo‘yilishi mumkin edi.
Uchinchi bosqich
– neandertalni ifodalab hozirgi inson ko‘rinishini 
maydonga keltirgan davrni o‘z ichiga oladi.
bu bosqichlarning biridan ikkinchisiga o‘tish davrida yuz bergan 
jarayonlarni zarur darajada tasavvur qilmasdan sotsiogenez to‘g‘risida 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə