Shaxs va jamiyat


Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


67
to‘g‘risidagi masala kelib chiqadi. boshqacha aytganda, bu ma’noli 
yashalgan umrning o‘limdan keyingi davomi, ya’ni, yuksak ideallar 
bilan yashagan inson vafotidan keyin boshlangan hayoti manguligi 
masalasidir. 
Mangulik
– insonning o‘z ijodiy, yaratuvchilik faoliyati 
bilan hayotda abadiy iz qoldirishidir. inson o‘zidan dunyoda qoldirgan 
yaxshi nom – uning ikkinchi va davomdor umridir. shu sababli ham, 
insoniyat uchun xayrli, ezgu ishlar qilib, yaxshi nom qoldirgan kishilar 
abadiy hurmat bilan tilga olinadi. 
Asosiy tushunchalar
• 
ha
yotning ma’nosi
– ertami-kechmi har bir inson oldida 
ko‘ndalang bo‘lib turadigan masala bo‘lib, uning bir xil yechimi 
yo‘qdir. inson o‘zining erkinligi doirasida qanday yashash 
kerakligini o‘zi hal qiladi.
• 
o‘lim
– inson biologik hayotining yakunlovchi moment yoki 
uning jismi faoliyatining yakuni, har qanday sotsiomadaniy 
tizim dunyoqarashining muhim unsuri.
• 
mangulik
– inson hayotligida ijobiy ma’noda erishgan 
muvaffaqiyatlari
ning ezgulik tarzida avlodlar xotirasida 
saqlanishi.
Savollar va topshiriqlar
1. 
O‘lim hodisasiga din va fan munosabati qanday?
2. F.nitsshening «insonning o‘limi uning hayotidan ko‘ra 
ahamiyatliroqdir» degan fikrini qanday izohlaysiz?
3. inson o‘limi va manguligi nisbati qanday?
4. «O‘lim
»ni madaniyat darajasiga kiritilishi haqida fik-
ringiz.
Amaliy ish
1. in
sonning shaxs maqomini aniqlashda «individ» va «indi-
viduallik» tushunchalarining o‘rni qanday?
2. insonning shaxs maqomi uning biologiyaviy mohiyati bilan 
qanday munosabatda? buni tushuntirib bering.
3. ijtimoiylashuv inson shaxsi shakllanishining yagona sharti 
hisoblanadimi? bu xususda o‘z mulohazalaringizni ayting.
ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi


68
4. erkinlik hodisasi inson zotidan boshqa mavjudotlarga ham 
taalluqlimi? O‘z fikrlaringizni yozma bayon qiling.
5. tutqunlikda ham inson shaxs sifatida shakllanadimi? buni 
qullar qo‘zg‘aloni sardori spartak misolida izohlang.
6. shaxs erkinligi bilan u mansub millatning erkinligi o‘za ro 
bog‘liqmi? O‘zbek davlatchiligi tiklanishi misolida tushun-
tiring.
7. begonalashuv inson hayotida xususiy holmi yoki obyektiv 
hodisami? buni o‘zingizga tanish bo‘lgan taniqli shaxslar 
misolida tushuntirib bering.
8. shaxs va demokratiya nisbatida ulardan birini avval, boshqa-
sini keyin kelib chiqqan deb hisoblasa bo‘ladimi? tarixiy 
bilimlaringizga tayanib javob bering.
9. buyuk shaxs butun hayoti davomida buyukmi yoki bir-ikkita 
voqea ishtirokchisi bo‘lish uni mashhur qiladimi? O‘zingizga 
ma’lum siymolar misolida izohlang.
10. vatanimiz va, umuman, O‘rta Osiyo hamda qozog‘iston 
mintaqasida buyuk amir temurga teng ulug‘ siymolar 
bo‘lganmi? bu xususda yakunlangan ming yillikda mintaqada
yashab o‘tgan kishilar misolida mulohaza yuriting.
11. prezident islom karimov buyukligining siri nimada? bu 
to‘g‘risida yozma ish tayyorlang.
12. inson stixiyali tarzda yashab hayotini ma’noli qilishi 
mumkinmi? bilganlaringiz asosida yozma javob tayyorlang.
13. inson o‘limini ham ma’noli qilish mumkinmi? buni mulohaza 
qilib ko‘ring.
14. evtanaziya haqida nimalarni bilasiz? bilganlaringizni 
mulohaza qiling.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə