Shaxsning o'z-o`zini anglashi masalasi borasidagi nazariyalar tahlili. Reja


Qarama-qarshi reaksiyaning shakllanishi



Yüklə 119,02 Kb.
səhifə13/15
tarix27.09.2023
ölçüsü119,02 Kb.
#123951
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4 Shaxsning o\'z-o`zini anglashi masalasi borasidagi nazariyalar tahlili.

Qarama-qarshi reaksiyaning shakllanishi – ong uchun maqbul bo‘lmagan reaksiyaning qarama-qarshisiga almashtirish, masalan, muhabbatni – nafratga, nafratni – muhabbatga. Jinsiy etilish davrida qizlarga nisbatan havasning uyg‘ongani anglanmagan holda o‘g‘il bolalar qizlarning sochlaridan tortishi, janjallashishi, yomon laqab qo‘yishi, ularga toqat qilolmasliklarini alohida ta’kidlashlarida namoyon bo‘ladi.
10. Qasd olish – impuls yoki hissiyotni bir ob’ektdan qulayroq boshqa ob’ektga qayta yo‘naltirish. Oila boshlig‘i ishxonadagi noxushliklarning alamini bevosita aybdor - boshlig‘idan emas, balki, ayolidan, bolalaridan yoki itidan oladi.
11. Maqsadga muvofiqlashtirish – muvofiq kelmaydigan harakatlar va fikrlar uchun ishontiradigan sabablarni o‘ylab topish, o‘zini aldash. Masalan, omadsizlikka uchragan odam, o‘zi intilgan ob’ekt qadrini pasaytirgan holda, haqoratlangan izzat-nafsini tinchlantiradi. Rad javobini olgan yigit qizning «didiga mos kelmasligini»» yoki avval o‘ylaganchalik go‘zal emasligini e’lon qilishi mumkin.
12. Intellektuallashtirish – uning yordamida sub’ekt diskursiv ko‘rinishda o‘zining nizolilari va hissiyotlarini ularni egallab olish maqsadida ifodalashga harakat qiladigan jarayon. Boshqacha aytganda, o‘z havaslarini, mantiqiy hosil qilingan mulohaza tuzilmalariga o‘ragan holda, ifodalashga intilishdir. Kechinma mulohaza yuritish bilan almashtiriladi.
13. Yakkalanish – intellektuallashtirishga o‘xshash mexanizm bo‘lib, mulohaza yoki harakatning sub’ektning boshqa fikrlari yoki hayotining boshqa tomonlari bilan uzilishini bildiradi. Yakkalanish tafakkur jaraniyodagi to‘xtalishda, formula va ritualda ifodalanishi mumkin. Bu mexanizm u yoki bu mavzu yuzasidan suhbatlashish istagining mavjud emasligi, muhokama etilmasligi sifatida ko‘rinadi.
14. Tenglashtirish – o‘ziga boshqa odamga xos bo‘lgan hislar, mulohazalar, kayfiyatlarni o‘zlashtirib olish. Turlaridan biri tahdid soluvchiga o‘xshatish. Bu dushman uyg‘otayotgan qo‘rqinch hissidan qutilish uchun sub’ekt, yoki rolni qabul qilgan holda, yoki ob’ektning o‘zini parchalagan holda u bilan aloqa o‘rnatishini bildiradi.
Hozirgi zamon tadqiqotlari etarlicha puxta ishlab chiqilgan «men» himoya mezanizmlarini va «o‘zi» mexanizmlarini chegaralashga qaratilgan. Birinchi holatda ob’ektga yo‘naltirilgan, sub’ektning bir qismi bo‘lgan, ikkinchisida – sub’ekt o‘zi uchun ob’ekt bo‘lib xizmat qiladigan tashkilot bilan ish ko‘ramiz.
«Shaxs shakllanishi» tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1) shaxs shakllanishi uning rivojlanishi, jarayoni va natijasi sifatida. Shaxs shakllanishi tushunchasining xuddi shu ma’noda qo‘llanilishi psixologik o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi, uning vazifasiga esa 
Yüklə 119,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə