Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi annotatsiya



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#148961
1   2   3
shaxsning-rivojlanishi-tarbiyasi-va-ijtimoiylashuvi

www.scientificprogress.uz
Page 315
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 
3
ǀ
ISSUE 4
ǀ
202
2
ISSN: 2181
-
1601
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga 
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning 
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga 
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib 
bo‘lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri davomida 
o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga 
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, 
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki 
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato 
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni 
rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda 
shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun 
o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni 
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi 
uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora 
tadbirlar yig`indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy 
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi.
Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina 
bir avloddan boshqasiga oʻtadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor 
maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini
shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida 
faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar 
yig`indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar 
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, 
uning yetakchi g`oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham 
oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va 
maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, 
maʼnaviy axloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni 
anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga 
oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har 
qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim 
va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-
maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ijtimoiylashuv uzoq davom 
etadigan murakkab jaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va 


Uzbekistan

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə