Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə23/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar.



  1. Rekviem – diniy mazmundagi asar. Inson vafoti munosabati bilan ijro etiladi. Xor, orkestr va yakkaxon xonandalar ijrosi uchun yoziladi.



Nazorat savollari.



  1. Motsartning turli shakllarda yozilgan asosiy asarlarini sanab bering.

  2. Motsart hayoti va ijodining Vena davri haqida so’zlab bering.

Topshiriqlar.



  1. Berilgan ma’ruza bo’yicha konspekt yozing.

  2. Motsart asarlarining ro’yxatini tuzing.



Adabiyotlar.



  1. Serov A. «V.A.Motsart» v knige «Izbrannie stati» t.1 M-l. 1950.

  2. Eynshteyn A. «Motsart» . Lichnost. Tvorchestvo. M.1977.

  3. Proxorova I. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M.1985.

Mavzu: V.A.Motsartning opera ijodi.


Rejasi:

1. V.A.Motsartning opera asarlari haqida.


2. "Figaroning to’yi" operasi.


Bayoni:

Opera Motsartning sevimli janri bo’lib, u butun ijodiy yo’li davomida operalar yozgan. Ularning soni 15 ta. Birinchi operasini kompozitor 11 yoshidayoq yaratgan. Motsart operalari turli mavzularda yozilgan. Ular orasida qadimgi grek afsonalari asosida yozlgan operalar ("Apollon va Giacint", "Idomeney"), tarixiy mavzulardagi operalar ("Luciy Sulla", "Mitridat - Ponta podshohi"), ertak operalar ("Sehrli nay") bor. Kompozitorning eng taniqli, yetuk operalari ijodining Vena davrida yaratilgan. Ular "Figaroning tuyi", "Don Juan" va "Sehrli nay" operalaridir. Motsart opera janrining barcha qonun - qoidalarini juda chuqur bilgan. Opera yaratishda kompozitor Glyukning opera islohati principlariga amal qilgan, ularni yanada rivojlantirgan. Faqat Glyukning "Operada drama birinchi o’rinda, musiqa esa uni yorituvchi yordamchi vosita" degan fikridan farqli ravishda "Operada drama va musiqaning mavqei bir xil" - deb hisoblagan.


Kompozitorning opera teksti - libretto qanaqa bo’lishi kerakligi haqidagi fikri ham e’tiborga loyiq. "Libretto iloji boricha lo’nda va qisqa bo’lishi lozim.Unda opera voqeasini cho’zadigan yoki to’xtatadigan xech qanday ortiqcha narsa bo’lishi kerak emas", -deb hisoblagan.
Opera asarida qahramonlarning haqqoniy musiqiy xarakteristikasini yaratish Motsartning eng katta ijodiy yutuqlaridan biridir.
Motsartning opera ijodi bu janrda ijod qilgan boshqa kompozitorlarning ilg’or yutuqlarini umumlashtirdi va nemis milliy opera san’atining yaratilishiga olib keldi. Uning "Sehrli nay" operasi esa kompozitorlar E.T.Gofman va K.M.Veber ijodida yaratilgan nemis romantik operasining yaratilishiga poydevor bo’ldi.

Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə