Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə21/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Re major sonatasi.

Re major tonalligida yozilgan sonata uch qismdan iborat. Sonata musiqasiga sho’x, quvnoq kayfiyat, jo’shqinlik sifatlari xos. Birinchi qismdagi bosh mavzu shunday xarakterda. Lya majorda yozilgan yordamchi mavzu ham engil, jozibali xarakterda. Quvnoq raqs xarakteridagi yakuniy mavzu bilan ekspoziciya bo’limi nihoyalanadi. Rivojlov bo’limining musiqasi ekspoziciyadan farqli bo’lib jiddiy xarakterga ega. Repriza bo’limida odatdagiday ekspoziciyaning barcha mavzulari o’zgarishsiz takrorlanadi.


Sonataning ikkinchi qismi re minor tonalligida yozilgan. Bu qism musiqasi o’ychan, falsafiy xarakterda bo’lgani uchun birinchi va uchinchi qismlardan farq qiladi. Uchinchi qism - final musiqasi birinchi qismdagidek quvnoq jo’shqin kayfiyatda. Final rondo shaklida yozilgan. Asosiy tema - refren uch marta takrorlanadi. Bu takrorlanishlar orasida ikkita epizod yangraydi. Birinchi epizod musiqasi qat’iy va jiddiy xarakterda bulib, re minor tonalligida chalinadi. Ikkinchi epizod esa sol majorda bulib musiqa xarakteri engil va jozibali.
Musiqaning nafis va go’zalligi, musiqiy mavzular o’rtasidagi farq va qarama-qarshilikning uncha katta emasligi, shaklan ixchamlik kabi hislatlar Gaydnning boshqa sonatalariga ham xos bo’lgan xususiyatlardir.


Tayanch iboralar.



  1. Rondo - italyancha, frantsuzcha so’z "doira" degan ma’noni bildiradi. 1.Musiqiy asar, kuyning nomi. 2.Musiqiy shakl. Unda o’zgarmas musiqiy mavzu - refren kamida uch marta takrorlanadi. Ular orasida esa bir-biridan farqli epizodlar keladi. Rondo shaklining sxemasi - AVASADA, A-refren, V, S, D-epizodlar.

  2. Variaciyalar - Musiqiy shakl. Bu shaklda bir musiqiy mavzu beriladi va shu mavzu bir necha marta o’zgartirilib, qayta ishlanib takrorlanadi. Shu takrorlashlar variaciyalar deb ataladi. Bir mavzuga 3, 4, 5 va undan ortiq variaciyalar yozilishi mumkin.



Nazorat savollari.

1. Sonata nima? U qanday qismlardan iborat bo’ladi?


2. Re major sonatasining finali qanday shaklda yozilgan?


Topshiriqlar.

1. Mavzu bo’yicha konspekt yozing.


2. Gaydnning re major sonatasidan uchta musiqiy mavzuni chalishni o’rganing.


Adabiyotlar.

1. B.Levik. Istoriya zarubejnoy muziki.M.1982.


2. Yu.Kremlyov. «I.Gaydn». Ocherk jizni i tvorchestva.M.1972.



Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə