Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə20/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar:



  1. Kvartet - to’rt kishidan iborat cholg’uchilar yoki xonandalar ansambli. Torli kvartetda 2 skripka, 1 alt va 1 violonchel qatnashadi. Shu tarkib uchun yoziladigan to’rt qismli asar.

  2. Kvintet - besh kishidan iborat cholg’uchilar yoki xonandalar ansambli. Odatda torli kvartet va fortepiano. Shu ijrochilar tarkibi uchun yozilgan asar.

  3. Trio – uch ijrochidan iborat ansambl. Shu tarkib, fortepiano, skripka va violonchel uchun yozilgan asar. Menuet raqsining o’rta qismi.

Nazorat savollari:

1. Simfoniya janri necha qismdan iborat?



  1. Sonata shakli qanday bo’limlardan iborat?

  2. Gaydn tuzgan simfonik orkestr tarkibiga qanday sozlar kiradi?

4. 103-simfoniya haqida so’zlab bering.


Topshiriqlar.

1. Berilgan ma’ruza asosida konspekt yozing.


2. 103-simfoniyadagi asosiy musiqiy mavzularni yodlang.


Adabiyotlar:



  1. I.Proxorova. Muzikalg’naya literatura zarubejnix stran. M. 1985 g.

  2. B.Levik. Istoriya zarubejnoy muziki. M. 1980



Mavzu: Iosif Gaydnning fortepiano ijodi.


Rejasi:

1. Gaydnning fortepiano asarlari.


2. Re major sonatasi.


Bayoni.

I.Gaydnning klavesin uchun yozgan asarlari uning ulkan ijodiy merosining muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda bu asarlar fortepiano sozida ijro etiladi. Shuning uchun "fortepiano ijodi" degan ibora o’rinlidir. Klavesin uchun kompozitor sonatalar, rondolar, variaciyalar va boshqa turli p’esalar yaratgan. Ular orasida yuksak darajadagi badiiy asarlar borki, hozirgi kunda ham ularni o’rganish va tinglashga qiziqish katta. Bu asarlar kontsert repertuarlaridan va pedagogik o’quv dasturlaridan mustahkam o’rin egallagan.


Sonatalar Gaydn fortepiano ijodining asosiy qismini tashkil qiladi. Ularning soni 52 ta. Sonata deb bir yoki ikki cholg’u sozi uchun yoziladigan turkum asarga aytiladi. Gaydn ijodida klassik sonata janri shakllandi. Sonataning birinchi qismini kompozitor sonata allegrosi shaklida, ikkinchi qismini sekin sur’atda, uchinchi qismi - finalni yana tez sur’atda yozgan. Bu qismlar musiqasi xarakteri jihatidan bir-biridan farq qiladi, ammo bitta umumiy badiiy mazmunni ifodalaydi.
Gaydnning dastlabki sonatalarida kompozitor Filipp Emmanuil Bax sonatalarining ta’siri sezilib turadi. Bu sonatalarni Gaydn yoshligida qiziqib ko’p chalgan va o’rgangan. Bu o’xshashlik kuylarning tuzilishida va musiqiy bezaklarning (melizmlar) ko’p ishlatilganligida ko’rinadi. Boshqa janrlardagi kabi kompozitorning o’z uslubi 1780-1790 yillarda yaratilgan klavesin sonatalarida namoyon bo’ldi.
Gaydn sonatalari aytib o’tilganidek uch qismdan iborat. Har xil xarakterdagi sonatalar orasida mi bemol major tonalligida yozilgan katta sonata, bolalarga xos quvnoqlik aks ettirilgan re major tonalligidagi sonata va lirik kayfiyatdagi mi minor sonatasi ajralib turadi.

Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə