Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlari


Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni



Yüklə 221,5 Kb.
səhifə9/12
tarix05.07.2023
ölçüsü221,5 Kb.
#119296
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
SINFDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISHDA SINF RAHBARINING O\'RNI

2.2. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni,
shakli va uslublari
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid asosida yoki do’stlari orasida o’rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilish mumkin. O’qituvchi o’quvchilar orasida muomala-madaniyatni shakllantirish uchun avvalambor o’quvchining o’ziga bo’lgan muomalasini etiborini o’rganishi kerak.
O’quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o’qituvchi talabiga ham javob berishi lozim. O’qituvchi talablariga:

  1. Darslarga to’liq qatnashish.

  2. O’quv qurollari bilan ta’minlanganligi.

  3. O’qituvchini diqqat bilan eshitish.

  4. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish.

  5. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish.

  6. Sinf intizomiga rioya qilish.

  7. Tozalikka rioya qilish.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo’ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni yo’qqa chiqaradi.16
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o’quvchilarning hatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qo’yilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda.
Mustaqillikni tarbiyalash vazifasi qo’yilmagan, bolaning har bir qadami pedagogning irodasiga bo’ysungan joylarida ana shunday holat mavjuddir. Xuddi shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, o’kuvchilarning mustaqilligini rivojlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan o’qituvchi, sinf rahbari o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish vositalarini puxta o’ylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o’quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilish kerakki, u o’quvchilarni charchatib qo’ymasin, doim bir xil tusda bo’lmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-g’ayratini sarflashni talab qilmaydigan bo’lmasin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishda tarbiyachi eng muhim vazifa o’quvchilarni o’quv vazifalarini hal etishga o’rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to’g’ri tanlashdan, o’z hatti-harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko’nikmalarini boshqa muhim xayotiy vaziyatlarga o’tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va o’z-o’zini nazorat qilish kabi to’rt tarkibiy qismi kirishini hisobga olish muhimdir.
Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o’qituvchining muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o’quvchi faoliyati natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur. O’qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo’lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir qancha usullarini qo’llashi mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o’quvchilarga homaki yozuv bilan ishlash xuquqi beriladi. Unda qoida ko’rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o’quv vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo’ladi, lekin u o’quvchining fikrlashi qanday borganligini ko’rsatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni ayrim ko’nikmalarga o’rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O’z-o’zini tekshirish, o’zaro tekshirish usullariga o’rgatish o’qituvchining o’quvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo’ladi. O’quvchilarning o’zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga mo’ayyan ma’lumot beradilar. Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to’la ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko’paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo’llanma hisoblanadi.
4. O’rta umumta’lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar xayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishaga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish.17
O’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar o’quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga yordam ko’rsatish. Umummaktab va maktablararo tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni hamda shakl usullarini aniqlash.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Shular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy bo’ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarini o’rganadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham nazorat qilib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchi ota-onalar qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak.18
Ish reja maktab direktorii tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida boalalarning yosh xususiyatlariga maktabning joylashgan shart-sharoitiga, ijodiy birlashmalariga ilmiy markazlar bilan o’zaro tarqalgan aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topgan hujjatlar ro’yxati xalq ta’limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. A. Jo’raevning «Tarbiyaviy darslarni o’tish» risolasida mustaqillik g’oyasi bilan bog’langan tarbiyaviy tadbirlardan qoidalarga asoslangan qonunlar belgilangan. Ijodkor rahbar hamda ilg’or o’qituvchi tarbiyachilar o’z faoliyatlar ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni asos qilib oladilar:
-tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish;
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi;
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lab bola qalbiga va ongiga ta’sir ko’rsatish;
-tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash;
-tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o’stirish;
-bola shaxsiga hurmat va talabchanlik;
-bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish;
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, uni qay darajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik mohiyatiga bog’liq.
Sinf rahbarining o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va muntazam o’z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib, o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’ziga mujassamlaydi.
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlar orasida targ’ib eta olishi, xalq pedagogikasi an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari, allomalari o’gitlarini yaxshi bilishlari lozim.
– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;
– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini o’quvchilarga yetkaza olishi;
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi;
– maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi;
– muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish.
Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
– islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
– siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish;
– xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o’zining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish;
Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko’rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg’or narsalarni amalda samarali qo’llay bilish maktab o’quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish printsiplaridan biridir.
Samarali sinf rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq, etishishshg namunasi bo’lgan kollegial va yakka rahbarlikning birga qo’shib olib borilishi bolalar takdiri, ularning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi.
Sinf rahbarlikning zarur printsipi rejalilik bo’lib, uning yordamida pedagogik ta’sirlar tizimi va tarbiyaviy ishda izchillikka erishiladi. Rejalilik sinf rahbariga tarbiyaning barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifat bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali o’qituvchilar, maktab kutubxonasi, o’quvchi-yoshlar tashkiloti, o’quvchilar uyushmasi, ota-onalar komiteti hamda to’garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig’ilishida muhokamadan o’tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang’ich va o’quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e’tibor beradi, bu bilan ta’lim jarayonida ham, shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik va pritsipini amalga oshiradi.

Yüklə 221,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə