Sintaksisning o‘rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. Soʻz birikmasi



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#144545
1   2   3   4   5
Sintaksisning o\'rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. So\'z birikmasi

So‘z birkmasi va sintagma. Struktura va mazmun jixatidan bir butun bo‘lgan gapning qismlari talaffuzda qisqa pauza bilan ajralib turadi. Bunday qismlar sintagma sanaladi.
Sintagma so‘zlovchi nuqtai nazaridan baholanayotgan kichik bir bo‘lagini-ma’lum nutq tartibiga ega ettiruvchi semantik-sintaktik birlikdir. Sintagma nutq tarkibidagi intonaciya bilan ajraladigan parchadir.
Bu nutqiy parcha intonatsiya jixatidan yaxlit ikki va undan ortiq so‘zdan, grammatik va semantik shakllangan bir so‘zdan ham iborat bo‘ladi.
Sodda yoyiq gaplarda sintagma gapning bir qismini tashkil qiladi. Bir so‘zdan tashkil topgan gaplar sintagmaga tengdir. Masalan: Tashqaridan uzoqda shildirab oqayotgan soyning ovozi bemalol kelib turibdi.
-Kasbingiz?
-Dehqonchilik (S.Ahmad).
birinchi gapda uchta sintagma bor bo‘lib, uning bittasi bir so‘zdan, ikkinchisi so‘z birikmasidan tashkil topgan. Keyingi bir so‘zli ikki gap sintagmaga teng.
Bir pauzadan boshlanib, ikkinchi sezilarli pauza bilan tugagan sintagma bir fonetik butunlik sifatida talaffuz qilinadigan, ma’no va intonatsion jihatdan o‘zaro bog‘langan so‘z birikmasiga mos keladi. So‘z birikmasining sintagma bo‘lgan munosabati va farqlovchi belgilari quyidagilardan iborat:
1. Muayyan ritik urg‘u va pauza yordamida reallashtiruvchi sintagma nutq-gapirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi, so‘z birikmasida bunday xususiyat mavjud emas.
2. Sintagmalar nutq jarayonida bir-biridan ajralarkan, ko‘p vaqt o‘zining hajmi va chegarasi e’tibori bilan gapga ham, so‘z birikmasiga mos kelmaydi.
3. Sintagma birgina so‘zdan va ko‘makchili birikmalardan iborat bo‘lishi mumkin, ammo so‘z birikmasida bu xil xususiyat yo‘q.
4. Har qanday sintaktik xodisa sintamatik kategoriyaga taaluqli bo‘ladi. Bog‘lanishning tobelanish yo‘li bilan birikkan to‘g‘rigina so‘z birikmasida o‘rganiladi.
5. Sintagmani tashkil qilgan komponentlar yonma-yon turmog‘i shart, so‘z birikmasiga bunday qoidani berib bo‘lmaydi.
6. So‘z birikmasida doimiy ish ko‘ruvchi grammatik qolip mavjud.
7. Sintagma nutq intonatsion mazmunining bo‘lishini natijasida yuzaga keladi, so‘z birikmasi undan sifat jihatidan keskin farq qiladi.

Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə