Sintaksisning o‘rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. Soʻz birikmasi



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#144545
1   2   3   4   5
Sintaksisning o\'rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. So\'z birikmasi

So‘z birikmasi va sintagma. Sintagma bir havo chiqarish bilan, bir nafas kuchi bilan aytiladi, so‘ng orada pauza bo‘lib, boshqa singtagma boshlanadi. Sintagma ikki qisqa pauza orasidagi nutqiy element, eng sodda sintaktik parchadir. Sintagma bir necha so‘zli va bir so‘zli bo‘ladi.
Sintagma tobelanish asosida tuziladi: unda bir so‘z yetakchi (yadro), boshqalari shunga tobe bo‘lib keladi. Singtagmalanishning ma’lum qonunlari bor. Sintagma aniqlovchi bilan aniqlanmish munosabatida, fe’l kesimning ravish holi bilan birikuvida va boshqa shu kabi o‘rinlarda uchraydi. Sintagmalanishda ohangning o‘rni katta.
So‘z birikmasining sintagmadan farqli tomonlarini hisobga oladigan bo‘lsak, ikki xodisa bir xil sintagma atamasini qo‘llab bo‘lmaydi.
So‘z birikmalari tasnifi. So‘z birikmalarining tarkibini belgilashda uning tarkibiga kirgan barcha so‘zlarni miqdorigagina qarab emas, o‘sha so‘zlarning shu so‘z birikmasi hajmida bajargan vazifasiga ham qaralishi kerak. Ular leksik-semantik va grammatik jihatdan izohlash vazifasini bajaradigan so‘zlargina so‘z birikmalarining komponentlari hisoblanishi mumkin, ana shunday so‘zlarning miqdorigina so‘z birikmalarining hajmi, chegarasini belgilay oladi.
So‘z birikmalari aslida ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lganso‘zlarning leksik-semantik va grammatik jihatdan munosabat kirishidan paydo bo‘luvchi va predmet, voqea-xodisa, belgi, turli jarayonlar va xokazolarning murakkab nomlarini ifodalovchi til birligidir.
So‘z birikmalari tarkibidagi komponentlarni bog‘lanish xarakteri, strukturasi va komponentlarning ifodalanishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
So‘z birikmalari komponetlarining ma’no jihatdan birikish darajasiga ko‘ra ikki xil bulinadi: Turgun birikmalar. Erkin birikmalar.
Tilda bir qolipda, bo‘linmaydigan xoldagi so‘z birikmalari turgun birikma sanaladi. Turgun birikmalar ikki guruxga bo‘linadi: a) murakkab so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Samarqand davlat universiteti kabi; b) frazeologizmlar: tegirmonga tushsa butun chiqmoq, yulduzni benarvon urmoq, qamchinidan qon tommoq.

Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə