Ona tili nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 172,02 Kb.
səhifə1/4
tarix23.09.2023
ölçüsü172,02 Kb.
#123156
  1   2   3   4
ONA TILI NAZARIYASI - Axmadaliyeva Dilorom







UNIVERSITY OF BUSINESS
AND SCIENCE
BTS-22-07 GURUH TALABASI AXMADALIYEVA DILOROMNING
ONA TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


ORFOEPIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja
Kirish.
I. Asosiy qism.

  1. Tilning ichki kategoriyasi orfoepiya haqida ma’lumot.

  2. Orfoepiya-Tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi sifatida.

  3. Tilning orfoepik normasi haqida ma’lumot.

4. Hulosa.
ORFOEPIYA (orto… yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi bo‘limi;
2) muayyan milliy tilning talaffuz me’yorlariga mos holda bir xil talaffuzni ta’minlovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Og‘zaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. «Orfoepiya» tushunchasi keng va tor ma’noda 2 xil tushuniladi: keng ma’noda — unga fonemalarni qo‘llash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor ma’noda — fatsat fonemalarni qo‘llash qoidalari kiritiladi. Orfoepiya ko‘lamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, ba’zi olimlar talaffuz me’yorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urg‘uni ham, ba’zan variantdor grammatik shakllar hosil bo‘lishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik me’yor bilan kridalashtirilgan me’yor o‘zaro farklanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon bo‘la-digan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq; bunda me’yor — muay-yan tilning aniq bir so‘zlovchilar ja-moasida tegishli davr orasida mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq bir qancha ijtimo-iy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud bo‘lgan me’yorning turli lug‘atlar, ma’-lumotnomalar va qo‘llanmalarda qoida va ko‘rsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qo‘llash uchun to‘fi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan me’yor ko‘pincha amalda mavjud bo‘lgan me’yordan orqada qoladi.
Orfoepiya milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, og‘zaki nuqtning ta’sir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo bo‘ladi. Orfoepik me’yorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Mac, hoz. o‘zbek adabiy talaffuzi me’yorlarining dastlabki ildizlari o‘tgan asrning 20— 30-y. larida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar o‘tkazilib, orfoepik lug‘atlar nashr etilgan bo‘lsada, o‘zbek talaffuz me’yorlari to‘liq shakllangan deb bo‘lmaydi.
Orfoepik me’yor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi bo‘lgan hollarda yuzaga keladi. Me’yorda ayni paytda til tizimida mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo bo‘lishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar ta’sirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida me’yor o‘zgarishi mumkin. Me’yorning o‘zgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor me’yorlarning ayni bir paytda mavjud bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt o‘tishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qo‘llanib, iste’moldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi ob’ektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, mo‘‘tabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Orfoepiya rivojida namunali adabiy talaffuzni targ‘ib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol o‘ynagan. Sahna nutqi ko‘pchilik tillarda orfoepik me’yorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning xarakteriga ko‘ra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: to‘liq talaffuz; qisqargan talaffuz; ma’ruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi to‘liq talaffuzni aks ettira-di, chunki bunda har bir so‘z, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda to‘la, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
So‘zlovchi o‘z nutqiga beparvo qarashi orqasida, o‘z shevasi ta’sirida ayrim fonemalar turli o‘zgarishlarga duch keladi, so‘zning ba’zi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
O‘zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, so‘z birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni o‘z ichiga oladi. SHunga ko‘ra umumiy orfoepik me’yorlar belgilanadi. Orfoepik me’yorlar, odatda transkriptsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
Orfoepiya orfografiya bilan zich bog‘langan. Biroq so‘zning yoki so‘z shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng bo‘lavermaydi. Jumladan, yozuvda bor ba’zi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda bosh-qasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab to-monlarni hisobga olgan holda yago-na orfoepik qoidalar yaratish lozim bo‘ladi.
Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. "O." tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. O. koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan kridalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻla-digan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muay-yan tilning aniq bir soʻzlovchilar ja-moasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimo-iy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-lumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.
O. milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Masalan, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.
Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi obyektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻʼtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. O. rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettira-di, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
Orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi. Jumladan, yozuvda bor baʼzi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda bosh-qasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab to-monlarni hisobga olgan holda yago-na orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi.
Har bir adabiy til unda gapiruvchi barcha kishilar tomonidan ongli ran ishda qabul qilingan talaffuz normasiga egadir. Tilning talaffuzi og'zaki nutq
shakliga, yozuv esa, yozma nutq shakliga xos bo'lib, ular bir-biriga doim to'g'ri
kelavermaydi.

Yüklə 172,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə