1-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida berilgan imoga oid mashqlar va topshiriqlar Yozma mashq



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə1/2
tarix14.09.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#121970
  1   2
1-sinf ona tili imlo -WPS Office


1-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida berilgan imoga oid mashqlar va topshiriqlar

Yozma mashq
Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ko'chiring. Aytilishi va yozilishiga e'tibor bering.
Ushbu mashqni bajarishda matnda ajratib berilgan so'zlarni yozish talab etiladi. Matnda quyidagi so'zlar ajratib berilgan:
Mashq, daraxt, payvand.
Ushbu so'zlarda o'quvchi e'tibor berishi kerak bo'lgan narsa qator kelgan undoshlardir. Qator kelgan undoshlarning yozilishi va talaffuz qilinishida ba'zi farqlar mavjudligini o'quvchi mashq bajarish davomida bilib borishi muhimdir. Buning uchun o'qituvchi ushbu so'zlarga alohida urg'u berishi lozim. Yuqoridagi so'zlarni xattaxtaga yozib, o'quvchilarga "daraxt so'zini talaffuz qiling", "payvand so'zini talaffuz qiling" deb talaffuz mashqlarini bajartirib, qanday farq sezganligini so'rashi kerak.
Rasmda nimalar tasvirlanganini yozing.
Mashqda 4 ta rasm berilgan bo'lib, o'quvchilar tasvirlangan narsalarning nomini yozishi talab etiladi. Nomlari quyidagilar:
1. Go'sht.
3. Ukki.
2. Barg.
4. To'qqiz.
Bu so'zlar tanlanishidan maqsad, o'quvchi qator kelgan undoshlarning talaffuzi va yozi- lishi bir-biridan farqlanishini bilishi muhimdir. Buning uchun o'quvchilardan bir nechtasini chiqarib, xattaxtaga so'zlarni yozdirib, talaffuz qildirishi maqsadga muvofiq.
Shu so'zlar qatnashgan gaplar tuzing. Yuqoridagi 4 ta so'z ishtirokida gaplar tuzib, mashq daftariga yozish so'ralgan.
Masalan: Kuzda daraxt barglari to'kiladi.





Beshinchi savol imlo bilan bog'liq boʻlib, "yootamiz” so'zining yozilishida xato borligi yoki yo'qligini o'quvchi aytib berishi lozim.
Javob: Bu so'z to'g'ri yozilgan, hayajonni ifodalash uchun ba'zan birdan ortiq unli tovush qoʻllaniladi. Bunday so'z talaffuzda ham choʻzib talaffuz qilinadi.


Yozma mashq. 1-topshiriq.
✓ "Suvning vatani" hikoyasidan hva x harflari ishtirok etgan so'zlarni topib, yozing.
✓ Ushbu so'zlarni ovoz chiqarib o'qing.
✓ H va x tovushlarining talaffuzidagi farqqa e'tibor qiling.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə