Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə44/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. Yormatov, I. T. (2022). ВОПРОСЫ КАЧЕСТВЕННОЙ ПОДГОТОВКИ КАДРОВ. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(12), 39-43.

  2. Nosirov, I., & Ermatov, I. (2023). CALCULATING THE EFFEKTIVENESS OF IMPLEMENTING THE STRATEGY AND PROPOSED MEASURES. THE INNOVATION ECONOMY, 1(01), 109-114.

  3. Kudbiev, D., Qudbiyev, N. T., & Imomova, Z. T. Q. (2022). Moliyaviy Hisobotlardan Moliyaviy Menejmentda Foydalanish Masallalari. Scientific progress, 3(4), 1030-1037.

  4. Ganiyevich, Y. V. (2022). MAHSULOT BOZORINI KENGAYTIRISH KORXONANING FOYDASINI OSHIRISH MUHIM OMILI.

  5. Якубов, В. Г. (2022). Сбыта Продукции Является Важным Фактором Увеличения Прибыли Компаний. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(5), 49-55.

  6. Yormatov, I. T. (2022). Роль частного бизнеса в экономике Узбекистана. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(11), 215-220.



2-sho‘ba. Jismoniy madaniyat:
Gipodinamiya omilining o‘quvchi yoshlar jismoniy holatiga
ta’siri monitoringi
Farg’ona davlat univrsiteti
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD), dotsent
Sanjar Uraimov Ro’zmatovich
Harbiy-texnika litseyidagi jismoniy tarbiya bo‘yicha asosiy mashg‘ulotlarning monitoring tadqiqotlari shuni aniqlab berdiki, o‘quvchilar davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur materiali talablarini qoniqarli uddalashmoqda, bunda ikki martalik majburiy asosiy mashg‘ulotlar gipodinamiya omilining organizmga ta’sir qilish darajasini kamaytirish uchun minimal ehtiyojlarni ta’minlamayapti.
Tadqiqot o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ko‘p yillik ish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ommaviy axborot vositalari orqali gipodinamiya omilining ta’sir etish darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan tashviqot-targ‘ibot shakllari bilan, ta’limning o‘rta bo‘g‘ini bo‘lgan ixtisoslashtirilgan harbiy o‘quv yurtlarida butun jismoniy tarbiya tizimini tubdan qayta qurmay turib, muammoni hal etishning imkoni yo‘q.
BSST standartlariga muvofiq jismoniy tarbiya bo‘yicha asosiy hujjatlarga kiritilgan harakat yuklamasi miqdori ularning o‘sha minimal chegarasini tashkil qiladi va o‘quvchi yoshlarning funksional jihatdan mashqlanganlik holatini yanada rivoj topishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Farg‘ona vodiysi o‘quvchi yoshlarining salomatlik holatini aniqlash yuzasidan o‘rganilayotgan muammoning dolzarbligini inobatga olish va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimida ularning o‘quv yillari bo‘yicha holatini qiyosiy tahlil etish o‘quvchi yoshlarning harakat faolligi pasayganligi hamda gipodinamiya omilining ular sog‘lig‘iga ta’sir qilishini aniqlab berdi.
Harbiy-texnika litseyida tahsil olayotgan o‘smir yigitlarda o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar yo‘nalishlaridan biri o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan edi. Natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, 37.4% yigitlar chekadilar, o‘smir yigitlar muntazam ravishda ovqatlanmaydilar, 52.3% to‘laqonli uxlamaydi, 43.7% toza havoda kamdan-kam bo‘ladi, 32.5% chiniqtiruvchi muolajalar bilan shug‘ullanmaydi. Jismoniy tarbiyaning mustaqil shakllari va ommaviy sport turlari bilan faqat 32.3% yigitlar shug‘ullanadi, faqat 13.2% esa muntazam ravishda shug‘ullanib keladi.
O‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash sohasida o‘quv jarayonini modernizatsiyalash o‘quvchilarning jismoniy maqomi va funksional imkoniyatlariga bog‘liq holda pedagogik jarayon mazmunini batafsil tabaqalashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
O‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi mazmunini ta’lim tizimida taklif qilinayotgan innovatsiyalarni e’tiborga olgan holda modernizatsiya qilish zarur, har yili o‘tkaziladigan ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra aniqlangan gipodinamiya omillarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritib borish zarur.
Ixtisoslashtirilgan litseylarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning funksional imkrniyatlarini ularning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik darajalariga moslashtirilgan tarzda ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish orqali kengaytirish maxsus o‘quv yurti o‘quvchilari bilan ishlashga nazariy hamda amaliy tayyorgarlikka ega jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tomonidan hisobga olinishi zarur.
Ushbu ta’lim tizimida yetakchi amaliyotchilarning tajribasi shunday xulosaga kelishiga imkon beradiki, jismoniy tarbiya bo‘yicha tashkil qilingan o‘quv mashg‘ulotlari, ularni tuzishga metodik to‘g‘ri yondashilganda, o‘quvchilarning funksional imkoniyatlarini hisobga olgan holda jismoniy yuklamalar hajmi va shiddati optimal me’yorlab berilganda, asosiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida harakatlanish imkoniyatlarining minimal qoniqarli tanqisligini ta’minlash imkonini beradi.
Olib borilgan tadqiqotlar jismoniy tarbiya bo‘yicha ta’lim dasturlariga pedagogik tuzatishlar kiritish, biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va o‘quvchi yoshlar organizmiga gipodinamiya omillarining ta’sirini yengib o‘tishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini o‘quv jarayoniga joriy etish uchun asos bo‘ladi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-texnika litseyida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi o‘quvchi yoshlarning harakat faolligi darajasini ancha oshirishga, gipodinamiya omillarining ta’sirini kamaytirishga va kelgusida oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun amaliy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazorat me’yorlarini topshirishga muvaffaqiyatli tayyorlashga imkon yaratadi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə