Sitologiya va genetika


§. Hujayrani o‘rganish usullari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə19/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
9-sinf biologiya

§. Hujayrani o‘rganish usullari

Hozirgi zamon sitologiya fanining juda ko'p zamonaviy tad- qiqot usullari bo'lib, ular turli-tuman hujayralarning nozik tuzilma- larini va unda kechadigan jarayonlarni o'rganish imkonini beradi.
Quyida hujayraning tuzilishini o'rganishda keng qo'llaniladigan usullarga to'xtalib o'tamiz.
Yorug‘lik mikroskopiya usuli. Yoruglik mikroskopining aso­siy qismlari obyektiv va okulyardan iborat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo'lib, kuzatilayotgan predmetni katta- lashtirib beradi. Okulyarlar ham linzalar tizimidan iborat bo'lib, ular o'rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishtirok eta­di. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10-40 martagacha kat- talashtirib bergan. Odatda yorug'lik mikroskoplari tasvirni 10-2000 martagacha kattalashtiradi.
Mikroskopning muhim tomoni, kattalashtirish emas, balki uni ko'rish kuchi yoki ko'rish xususiyati hisoblanadi. Mikroskopning ko'rish kuchi ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo'lgan minimum masofa bilan aniqlanadi. Bu nuqtalar bir-biriga juda yaqin bo'lgan vaqtda ulardan chiqadigan yorug'lik to'lqinlari bir vaqtda qaytadi va odamning ko'zi ikkita emas, balki bitta tasvirni ko'radi.
Bir xil kattalashtiradigan mikroskopning ko'rish kuchi qancha katta bo'lsa, o'rganilayotgan obyektning mayda bo'laklarini shun- cha aniq o'rganish mumkin. Yorug'lik mikroskoplari obyektni 2000 martagacha kattalashtiradi (16- rasm).
Elektron mikrosko p i ya usuli. Hozirgi davrda korish qobi- liyati eng yuqori hisoblangan asboblardan biri elektron mikroskop- dir. Ular tasvirni 200000 martagacha kattalashtirib beradi. Bunda o‘rganilayotgan obyektning tasviri yorug‘lik nurlarida emas, balki elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi.
Elektron mikroskop yordamida hujayraning o‘ta nozik tuzil- malarini aniqlash imkoni mavjud. Uning yordamida ribosomalar, endoplazmatik to‘r, mikronaychalar kashf etilgan. Keyingi yillarda elektron mikroskopning takomillashtirilishi natijasida uch o‘lchamli tasvirlar, ya’ni strukturalarning fazoviy tasvirlarini olishga muvaffaq bo‘lindi (17- rasm).
Hujayra tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalarni aniqlash uchun sitokimyoviy usullaridan keng foydalaniladi. Buning uchun turli xil bo‘yoqlar ishlatiladi. Ular yordamida hujayra tarkibidagi oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar, uglevodlar, vita- minlar, metall tuzlarining faqat miqdorinigina emas balki hujay- rada joylashishini ham aniqlash mumkin. Bu usul hujayraning kimyoviy tarkibi va unda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishga yordam beradi.
Tirik organizmlarning organ va to‘qimalarini maydalab (bir xil massa hosil bo‘lguncha), ulardan sentrifugalash usuli yordamida hujayraning organoidlarini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast,
mitoxondriya, ribosoma) ajratib olinadi va ularning xususiyatlari o‘rganiladi.
Demak, hujayrani o‘rganishda turli xil usullardan foydalanish mumkin. Ular yordamida hujayra haqida juda ko‘p qiziqarli ma’lu- motlar olingan.


Hujayraning o‘rganish usullariga nimalar kiradi?
Y

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə