Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə22/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
9-sinf biologiya

Fagositoz. Organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxarid- lar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo‘li bilan o‘tadi (yunoncha “fageo” - yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olin- gan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi. Hujayra membranasining yuza qismiga biror qattiq zarracha tush- sa o‘sha joyda membrana botiq (chuqurcha) hosil qilib, zarrachani o‘rab qoladi. Membrana bilan o‘ralgan holda bu zarracha hujayra ichiga o‘tadi. Hujayrada hazm qilish vakuolasi hosil bo‘ladi va hu- jayraga o‘tgan organik modda hazm bo‘ladi. Fagositoz hayvonot olamida keng tarqalgan. Misol uchun, amyoba fagositoz yo‘li bilan oziqlanadi. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega. O‘sim- liklar, bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari hujayralarining devori zich va qalin bo‘lgani uchun fagositozga qarshilik qiladi. Shu sa- babli ularda fagositoz amalga oshmaydi.
Pinositoz. Har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko‘ri- nishida yutilishi ichish hodisasiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu hodisa pinositoz (yunoncha “pino” - ichaman degan so‘zdan olingan) deyiladi. Suyuqlikni membrana orqali o‘tishi ham fagosi­tozga o‘xshaydi. Pinositoz tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bak­teriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar hujayrasida amalga oshadi. Fagositoz va pinositoz endositozga misol bo‘ladi.
Endositozga teskari jarayon ektositozdir (“ekto” - tashqa- ri degan ma’noni anglatadi). Ektositozda sitoplazma vakuolasi ichida hazm bo‘lmay qolgan moddalar membrana orqali tashqa- riga chiqariladi. Plazmatik membrananing yana bir vazifasi ko‘p hujayrali organizmning to‘qimasida hujayralar o‘rtasidagi aloqa- ni ta’minlashdir. Bu birinchidan, juda ko‘p burmalar va o‘simtalar hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar tomonidan hujayralararo bo‘shliqni to‘ldiruvchi juda zich biriktiruvchi moddalarni ajratish bi­lan amalga oshiriladi.
O‘simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sito- plazmatik membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Biroq, bundan tashqa- ri hayvonlar hujayrasida uchramaydigan sellyulozadan iborat qalin
hujayra qobig‘iga ham ega. Hujayra qobig‘ida maxsus teshikcha- lar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bir-biri bi­lan tutashgan bo‘ladi.
Zamburug‘larning hujayralari ham xuddi o‘simlik hujayralari kabi hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan. Ammo ular sellyuloza emas, balki xitinsimon moddalardan iborat.
Plazmatik membrana qanday vazifalarni bajaradi? Plazmatik membrana qanday tuzilishga ega? Yarim o‘tkazuvchanlik deganda qanday jarayonni tushunasiz?
F
4.
5.
agositoz nima? U qanday amalga oshadi? Pinositoz jarayonini tushuntirib bering.

  1. §. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz va membranali organoidlari: endoplazmatik to‘r, ribosomalar, golji majmuasi


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə