Sitologiya va genetika


§. Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə25/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
9-sinf biologiya

§. Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari

Mitoxondriya (yunoncha “mitos” - ip va “xondro” - donador degan so‘zlardan olingan) bir va ko‘p hujayrali organizmlarning barcha eukariot hujayralarida mavjud. Mitoxondriyalarning hayvon va o‘simlik olamida bunday keng tarqalishi ularni hujayrada mu- him ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi.
Mitoxondriyalar turli-tuman shakllarda: yumaloq, yassi, silindr- simon va hatto ipsimon ko‘rinishda ham uchraydi. Ular 0,2 mkm dan 15-20 mkm kattalikka ega. Ipsimon shakllarning uzunligi 15­20 mkm gacha boradi. Turli xil to‘qimalardagi mitoxondriya l arning soni bir xil emas. Ularning soni hujayraning funksional faolligiga bog‘liq. Uchadigan qushlarning ko‘krak mushaklarida mitoxondri­yalar soni uchmaydigan qushlarga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. Mi- toxondriyalarda ikki qavat: tashqi va ichki membarana l ar mavjud. Tashqi membrana silliq, ichkisi esa burmali bo‘lib, kristalar deb ataladi. Kristalar membranasida juda ko‘p fermentlar joylashgan. Ular energiya almashinuvida ishtirok etadi. Mitoxondriyalar ya­rim avtonom organoid bo‘lib ularning membrana I araro bo‘shlig‘ida DNK, RNK va ribosomalar bo‘ladi. Mitoxondriya bo‘linish yo‘li bi­lan ko‘payadi. Mitoxondriyalar bo‘linishidan oldin ularning DNKsi ikki hissaga ortadi. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi energiya hosil qilish, ya’ni ATFni sintezlashdir.
Plastidalar - o‘simlik hujayralarining organoidlari. Ular anor- ganik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Plastidalarning uch xil turi mavjud:

  1. Leykoplastlar - rangsiz bo‘ladi. Ular o‘simliklarning rang- siz qismlarida, masalan, poyasi, ildizi, tugunaklarida bo‘ladi. Leykoplastlar monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qi- lishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‘planadi).


  2. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə