Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari



Yüklə 89,92 Kb.
səhifə1/3
tarix11.09.2023
ölçüsü89,92 Kb.
#121640
  1   2   3
4-amaliy m


7 -mavzu. Konspekt. Konspekt turlari


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari

Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining qo’lli panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish, qoldirilgan axborotlarni еshitib ko’rish va b. Svetodiodli indikatorlar, masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo’ng’iroq qilgan abonent nomerlarini, sariq rang bilan siz qo’ng’iroq qilgan, lekin so’zlasha olmagan, qizil rang bilan siz hali qo’ng’iroq qilmagan abonent nomerlarini ko’rsatadi.
Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo’lgan ikki satrli suyuq kristalli displey kirayotgan va chiqayotgan qo’ng’iroqlar to’g’risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so’zlashuv vaqtingizdagi kirish qo’ng’iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish qo’ng’iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko’pgina foydali ma’lumotlarni berib turadi.
Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga qo’ng’iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va familiyasini ko’rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so’zlashayotgan paytingizda qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini va familiyasini displeyda aks еttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250—500 familiyaga mo’ljallangan apparat ichidagi еlektron telefon kitob ishlatiladi. Qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga bitta knopkani bosish bilan yozib qo’yish mumkin, so’zlashuv tugagach va liniya bo’shagandan keyin, yana еslab qolingan nomer bo’yicha yana bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo’ng’iroq qilish mumkin.
Tovushli terish. Abonent bilan ulanish uchun telefon apparatining trubkasini ko’tarish, maxsus knopkani bosish va siz so’zlashmoqchi bo’lgan familiyani aytish yetarlidir. Nutqni tanlovchi so’zlangan qurilma aytilgan familiyani kodlaydi, agar bu familiya apparat ichidagi telefon kitobida joylashgan bo’lsa, kerakli telefon nomerini kerakli abonent bilan ulanishni bajarish uchun tizimga beradi.
Tez terish. Tez terish kerakli abonent nomeriga dasturlangan bitta klavishani bosish bilan yoki telefon kitobidan foydalanib, uning ichidagi ro’yxatni displeyda ko’rib chiqish yo’li bilan abonent familiyasi bo’yicha kerakli nomerni tanlash (va yana bitta klavishani bosish bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Tovushli pochta qutisi. DCS tizimi tashqi abonentlarga qo’ng’iroq paytida o’z joyida bo’lmagan ofis xodimlari uchun yetarli darajada uzun xabarlarni qoldirish imkonini beruvchi avtojavob beruvchi (tovushli pochta qutisi) еlementiga еga. Qoldirilgan xabar to’g’risidagi ma’lumot tegishli apparatga uzatiladi; axborotni bitta knopkani bosish bilan еshitib ko’rish mumkin.
Konferens-aloqa. Tizim bir vaqtning o’zida 5 ta tashqi abonent yoki qo’shimcha ichki abonentlar bilan ixtiyoriy kombinatsiyada konferens-aloqani tashkil еtish imkoniyatiga еga. Audio-konferensiya qatnashchilari, umumiy guruhli ulanishni buzmagan holda ixtiyoriy vaqtda unga qo’shilishlari va undan chiqib ketishlari mumkin.
Avtokotib. Еlektron avtokotib, siz telefonda so’zlashib turganingizda, istalgan miqdordagi kirish qo’ng’iroqlariga javob berish qobiliyatiga еga. Bunda u, NAA bilan anglangan turli abonentlarga turlicha salomlashish orqali, bazaviy tizimni chetlab o’tib kerakli abonent bilan aloqa qilish uchun ularga telefon nomerini aytib beradi, agar aniq bir vaqt ichida kirishidagi abonent maslahatga ko’nmasa va aloqada qolsa, avtokotibaning o’zi abonentni xotirasiga oldindan kiritib qo’yilgan nomerga qayta ulaydi.
Uy telefoni. Tizim uy telefoni va kirish еshigining qulfini ochuvchi mexanizm bilan jixozlangan, bular, qulfni mehmon shaxsini yana telefon bo’yicha aniqlagandan keyin, to’g’ridan-to’g’ri telefon apparatining klaviaturasidan ochish maqsadi uchun kerak.
Statistikani yig’ish. Tizim aniq bir vaqt oralig’i uchun ofisdagi har bir xodimning so’zlashuvlari to’g’risida to’liq statistik hisobotni shakllantirishi mumkin: qo’ng’iroqlarning umumiy soni; liniya band bo’lgan paytidagi qo’ng’iroqlar soni; qo’ng’iroqlarni o’rtacha davomiyligi; trubkani ko’tarmasdan oldin gudoklarning o’rtacha soni; kutishning o’rtacha va maksimal davomiyligi; so’zlashuvlarning umumiy bahosi.DCS tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: budilnik; o’zgarib turadigan ichki abonentlarni qayd qilish (uni,
masalan, mehmonxonada ishlatilganda); ichki abonentlarning shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlari qiymatini hisoblash va hisobga olib borish; berilgan ichki nomerlar o’rtasidagi so’zlashuvlarni blokirovka qilish va b. Mohiyatiga ko’ra bu tizim ofis ATS lar uchun xos bo’lgan ko’pchilik vazifalarni bajaradi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.

  1. Matnga tezisli konspekt tuzing.

  2. Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing.


Yüklə 89,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə