Sitologiya va genetika


§. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va anorganik moddalar



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə33/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
9-sinf biologiya

§. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va anorganik moddalar

Suv - tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqalgan anorganik modda. Hujayrada suv qancha ko‘p bo‘lsa, uning hayot faoliyati shuncha jadal bo‘ladi. Turli hujayralarda suv- ning miqdori har xil. Masalan, tish emali hujayralarida 10 % ga yaqin, o‘simlik hujayralarida esa 90 % dan ko‘proq suv bo‘ladi. Odam va hayvonlarning tez o‘sayotgan hujayralarida qariyib 95 % suv bor. Ko‘p hujayrali organizmda suvning o‘rtacha miqdori 80 % ni tashkil etadi.
Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Hujayraning fizik xossalari - hajmi, tarangligi suvga bog‘liq bo‘ladi. Tirik orga­nizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasining zaruriy tarkibiy qis- mi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bu xusu- siyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ularning qutb- lanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lar hosil qilib bog‘lanishi orqali amalga oshiriladi.
Qutblanish deganda molekuladagi zaryadlarning notekis taqsimlanishi tushuniladi. Suv molekulasining bir chekkasi kuch- siz musbat zaryadga ega bo‘lsa, ikkinchisi manfiy bo‘ladi. Bun- day molekula dipol deb ataladi. Kislorodning elektromanfiy atomi vodorod atomining elektronlarini o‘ziga tortishi tufayli elektrosta- tik o‘zaro ta’sir vujudga keladi va suv molekulalari “yopishganday” bo'ladi (20- rasm).
Bu o‘zaro ta’sir ion bog'lariga nisbatan odatda ancha kuchsiz bo‘lib, vodorod bog‘lar deb ataladi. Suv qutblangan moddalar uchun juda yaxshi erituvchi hisoblanadi.
Suv erituvchi sifatida hujayra moddalarining parchalanishi- ni ta’minlaydi. Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta’sirida suv gidroliz reak- siyalarini amalga oshiradi. Bu reaksiyalarda suvning OH- va H+ guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natija- da yangi xususiyatga ega bo'lgan yangi modda hosil bo'ladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə