Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə30/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
9-sinf biologiya

Invaginatsiya gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hu­jayraning ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini in- vaginatsiyasi (sitoplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan. Invaginatsiya gipotezasi eukariot hujayra ko‘p hujayralardan emas, balki bitta hujayradan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu gipoteza xloroplast, mitoxondriya va yadroning qo‘sh membrana- larining kelib chiqishini oson tushuntirib beradi.
Ko‘p genomli gipoteza. Ushbu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayralar prokariot hujayralardan ular genomining ayrim qismlar- ga bo‘linishi, bu qismlarning asta-sekin muayyan funksiyani ba- jarishga moslanishi natijasida paydo bo‘lgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga yaqin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan isbotlanadi.

1

invaginatsiya
nazariyasi

A

suyuq moddalarni membrana orqali o‘tishi

2

simbioz naza­riyasi

B

qattiq moddalarni membrana orqali o‘tishi

3

ko‘p genomli nazariya

D

yashil pigmentlarni fotosintezda ishtirok etishi


Simbioz gipotezasini mohiyatini yoritib bering. Invaginatsiya gipotezasini tushuntiring.
Ko‘p genomli gipoteza bo‘yicha eukariot hujayralar qanday vujudga kelishini izohlab bering.
Quyida berilganlarning javoblarini juftlab ko‘rsating.




4

xloroplast

E

har xil rangga ega plastidalar

5

xromoplast

F

monosaxarid, disaxaridlar hosil qilishda ishtirok etadi

6

leykoplast

G

membrana orqali moddalarni tashqariga chiqishi

7

fagotsitoz

H

eukariot hujayra har xil prokariotlardan kelib chiqqan

8

pinotsitoz

I

eukariot hujayra hujayra qobig'ining botib kirishi hisobiga hosil bo'ladi

9

ektotsitoz

J

hujayra genomining ayrim qismlari hisobiga hosil bo'ladi

1-

2- 3-

4-

5- 6- 7- 8- 9-




(4

17- §. 2- laboratoriya mashg‘uloti

~ fTdfr

O simlik va hayvon hujayralarining tuzilishini mikroskop yordamida o‘rganish

Y



Ishning maqsadi. Hujayralarining tuzilishini mikroskop yordami­da o'rganish.
Kerakli jihozlar. Mikroskop, buyum va qoplovchi oyna, filtr qog'oz, qizil piyoz epidermisi, odamning og'iz bo'shlig'idagi shilliq qa­vat hujayralari, yod eritmasi, toza qoshiqcha.
Ishning borishi. 1. Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. O'siml ik hujayrasi holatining rasmini chizing.

  1. Og'iz bo'shlig'idagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish.

  1. toza buyum va qoplag'ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi o'rtasiga ikki tomchi yod eritmasidan tomizing.

  2. og'zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lunjining ichki to- moni yuzasidan qoshiqchani bir necha marta yurgazib olingan namu- nadan mikropreparat tayyorlab uni mikroskopda kuzating.

  1. hujayraning shakli, donador sitoplazma va yadroga e’tibor bering.

  2. o‘simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə