Sitologiya va genetika


Oddiy va murakkab oqsillar



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə38/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
9-sinf biologiya

Oddiy va murakkab oqsillar. Hujayra tarkibidagi barcha oqsillar ikkita katta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo‘li- nadi. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo‘la- di. Oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyati­ga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar albuminlar deb ataladi. Tuxum oqsili, bug‘doy va no‘xat oqsillari albuminlarga misol bo‘ladi. Osh tuzining kuchsiz eritmasi- da eriydigan oqsillar globulinlar deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar va ko‘pchilik o‘simlik oqsillari globulinlarning vakillaridir. Tirik or­ganizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy erit­malarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo‘lmagan birikma- larning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqalarga bo‘linadi. Xromoproteinlar rangli oqsillar bo‘lib, tirik organizmlarda ko‘p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili xromopro- teinlarga kiradi, uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoprotein- lar oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murak- kab birikmalardir. Ular barcha tirik organizmlarning tarkibida uchray­di va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Oqsillarning muhim xossalari nima bilan bog‘liq?
Oqsillar qanday shakllarda uchraydi?
Oqsil denaturatsiyasi deb nimaga aytiladi?
Xromoprotein, lipoprotein va glikoproteinlar qaysi moddalardan tuzilganligini tushuntiring.
Quyidagi masalaning yechimini hisoblab toping.
Faraz qilaylik, agar ribonukleaza fermenti tarkibida 124 aminokislota bo‘lsa, bu fermentning molekular massasi qanchaga teng ekanligini va peptid bog‘lar nechta bo‘lishini hisoblab toping.

  1. §. Oqsillarning funksiyasi

ч
Hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə