Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə39/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
9-sinf biologiya

Qurilish funksiyasi — oqsillar hujayra va uning organoidlari membranasini hamda membranasiz organoidlarni hosil qilishda ishtirok etadi. 0qsil membraning ajralmas qismidir.
0qsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri katali­zatorlik funksiyasidir. Hujayra katalizatorlari odatda fermentlar deb ataladi. Hujayrada kechadigan moddalar almashinuvi jarayo- nini fermentlar ta’minlab beradi. Barcha fermentlar oqsil tabiat- ga ega bo‘lib hujayraning o‘zida sintezlanadi. Hujayra ichida fer­mentlar bir vaqtning o‘zida yuzlab minglab reaksiyalarni tezlata- di. Hujayradagi har bir reaksiyaning ketishi uchun ayrim ferment kerak bo‘ladi. Ya’ni har bir ferment alohida birikmaga tanlab ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Signal funksiyasi — hujayra membranasining yuza qismi- da o‘zining uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan. Tash­qi muhitdan signallar qabul qilish va hujayraga axborot berib tu- rish oqsil strukturalarni o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Harakat funksiyasi — yuksak hayvonlarning hujayralari uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvon­larda kipriklarning tebranishi, xivchinlarning harakatlanishi maxsus qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga oshadi.
Transport funksiyasi — bu oqsillarning o‘ziga kimyoviy ele- mentlar yoki biologik faol moddalarni biriktirib olishi va xilma-xil to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. Eritrotsit tarkibidagi gemoglobin oqsili kislorodni biriktirib olib barcha to‘qima va organ­larga tashib beradi, organlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan kar- bonat angidrid gazini o‘pkaga olib keladi.
Himoya funksiyasi - organizmga yot zarrachalar, begona oqsillar yoki mikroorganizmlar o‘tganda leykositlardan antitana va antitoksinlar ishlab chiqib ularga qarshi kurashadi. Antitana va an- titoksinlar ta’sirida immunitet hosil bo‘ladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə