|
Sitologiya va genetika
|
səhifə | 39/100 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 244,49 Kb. | | #154335 |
| 9-sinf biologiyaQurilish funksiyasi — oqsillar hujayra va uning organoidlari membranasini hamda membranasiz organoidlarni hosil qilishda ishtirok etadi. 0qsil membraning ajralmas qismidir.
0qsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri katalizatorlik funksiyasidir. Hujayra katalizatorlari odatda fermentlar deb ataladi. Hujayrada kechadigan moddalar almashinuvi jarayo- nini fermentlar ta’minlab beradi. Barcha fermentlar oqsil tabiat- ga ega bo‘lib hujayraning o‘zida sintezlanadi. Hujayra ichida fermentlar bir vaqtning o‘zida yuzlab minglab reaksiyalarni tezlata- di. Hujayradagi har bir reaksiyaning ketishi uchun ayrim ferment kerak bo‘ladi. Ya’ni har bir ferment alohida birikmaga tanlab ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Signal funksiyasi — hujayra membranasining yuza qismi- da o‘zining uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan. Tashqi muhitdan signallar qabul qilish va hujayraga axborot berib tu- rish oqsil strukturalarni o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Harakat funksiyasi — yuksak hayvonlarning hujayralari uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvonlarda kipriklarning tebranishi, xivchinlarning harakatlanishi maxsus qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga oshadi.
Transport funksiyasi — bu oqsillarning o‘ziga kimyoviy ele- mentlar yoki biologik faol moddalarni biriktirib olishi va xilma-xil to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. Eritrotsit tarkibidagi gemoglobin oqsili kislorodni biriktirib olib barcha to‘qima va organlarga tashib beradi, organlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan kar- bonat angidrid gazini o‘pkaga olib keladi.
Himoya funksiyasi - organizmga yot zarrachalar, begona oqsillar yoki mikroorganizmlar o‘tganda leykositlardan antitana va antitoksinlar ishlab chiqib ularga qarshi kurashadi. Antitana va an- titoksinlar ta’sirida immunitet hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|