Sitologiya va genetika


DNK molekulasining tuzilishi



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə41/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
9-sinf biologiya

^ DNK molekulasining tuzilishi:
_ у G — guanin; Csitozin; Aadenin; Ttimin.
orasidagi masofa butun DNK bo‘ylab bir xil bo‘lishi ta’minlanadi va qarama-qarshi turgan nukleotidlar o‘rtasida juda ko‘plab vodorod bog‘lar vujudga keladi. A (adenin) bilan T (timin) o‘rtasida ikkita, G (guanin) bilan C (sitozin) o‘rtasida uchta vodorod bog‘ bo‘ladi. Shuning uchun ham doimo adenin timinga, guanin sitozinga kom- plementar bo‘ladi (22- rasm).
DNKning tuzilishini amerikalik biolog J.Uotson va angliyalik fizik olim F.Krik tomonidan 1953- yilda kashf etilgan.
RNK. RNK molekulasi ham DNK molekulasi kabi polinukleo- tid zanjirdir, lekin DNKdan farq qilib, RNK molekulasi bir zanjirli bo‘ladi. Xuddi DNKdagidek, RNK strukturasi ham to‘rt xil nukleo- tidlarning navbatlashib borishi bilan yuzaga keladi, lekin RNK nuk- leotidlarining tarkibi DNK nukleotidlaridan bir oz farq qiladi, ya’ni RNKdagi uglevod dezoksiriboza emas, balki ribozadir, ribonuk- lein kislota degan so‘z ham RNK uglevodidan kelib chiqqan. RNK tarkibida ham azotli asoslar A,G,C bo‘ladi lekin azotli asos timin bo‘lmaydi uning o‘rniga tuzilishi jihatidan yaqin turadigan uratsil (U) bo‘ladi.
Hujayrada RNKning bir necha xili bo‘ladi. Ularning hamma- si oqsil sintezida ishtirok etadi. Birinchi xili - transport RNK (t-RNK) dir. t-RNK aminokislotalarni o‘ziga biriktirib olib, oqsil sintezlanadi- gan joyga tashib beradi. Ikkinchi xili - informatsion RNK (i-RNK)dir. i-RNKning vazifasi DNKdagi oqsilning birlamchi strukturasi to‘g‘risi- dagi axborotni oqsil sintezlanadigan joyga - ribosomaga yetkazib be­radi. Uchinchi xili - ribosom RNK (r-RNK)dir. r-RNK ribosoma tarkibi­da bo lib, uning vazifasi oqsil molekulasini yig‘ishdir.
ATF. 0rganizmdagi har bir hujayra tarkibida adenozintrifos- fat (ATF) bo‘ladi. ATF ham kimyoviy tuzilishi jihatidan nukleotidlar qatoriga kiradi. Har bir nukleotidda bo‘lganidek, ATF da ham azot asosi (adenin), uglevod (riboza) va fosfat kislota qoldig‘i bo‘ladi. ATF da odatdagi nukleotidlardan farqli holatda bitta fosfat kislo­ta qoldig‘i o‘rniga uchta fosfat kislota qoldig‘i bo‘ladi. Agar bu mu- rakkab birikma tarkibidan bitta fosfat kislota qoldig‘i ajralib chiqsa adenozindifosfat (ADF), ikkita fosfat kislota qodig‘i ajralib chiq­sa, adenozinmonofosfat (AMF) hosil bo‘ladi. Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi ko‘p energiyaga egadir. Shuning uchun uni makroergik birikma deb ataladi.
ATF tarkibidagi bitta fosfat kislotaning ajralishi 40 kJ energiya chiqishiga imkon beradi.
ATF molekulasida energiyaga boy bog‘larning mavjudligi hu­jayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to‘plash- ga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hu­jayraning maxsus organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi.
ATF hujayradagi energiya almashinuvida asosiy rol o‘ynaydi. U har qanday hujayra funksiyasini energiya bilan ta’minlab beruv- chi bevosita manbadir. 0rganizmning harakatlanishi va unda ke- chadigan barcha jarayonlar ATF ning parchalanishi natijasida ho­sil bo‘ladigan energiya hisobiga amalga oshadi.
Nuklein kislotalarni birinchi bo‘lib qaysi olim kashf etgan? Nuklein kislotalarning qanday xillari bor?
DNK hamda RNKning o‘xshashlik va farqli tomonlarini tushuntirib bering.
Misollarni bajaring: 1. DNKning o‘ng zanjiridagi nukleotidlar ketma- ketligi CTATAGTAA--CAA bo‘lsa, chap zanjirdan transkripsiya asosida hosil bo‘lgan oqsil fragmentidagi aminokislotalar ketma-ketligini toping.

  1. DNK fragmentining bir zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi: GGTACGATGTCAAGAdan iborat. Bu zanjirda kodlangan oqsilning birlamchi strukturasini toping.


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə