Sitologiya va genetika


§. 4- laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə42/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
9-sinf biologiya

§. 4- laboratoriya mashg‘uloti

Amilazaning kraxmalga ta’siri



Ishning maqsadi. Amilazaning kraxmalga ta’sirini o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Probirka, suv, yod, don maysasi.
Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi. Amila- za fermenti unayotgan donlarning tarkibida va odam so‘lagida ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ferment shirasini unayotgan don maysalari- dan (sumalakni eslang) yoki so‘lakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun og‘izni bir-ikki ho‘plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so‘ng bir ho‘plam suvni 2-3 daqiqa davomida og‘izda ushlab turiladi va bo‘sh stakanga solinadi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan so‘lak eritma­si amilaza fermenti shirasi hisoblanadi. Тajriba uchun yana yodning 1 % li va kraxmalning 0,5 % li eritmasi tayyorlanadi.
Ishning borishi. 1. Ikkita quruq probirka olamiz. 2. Birinchi pro- birkaga 1-2 ml suv va 1-2 ml kraxmal eritmasi quyi I adi va yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. Ko‘k rang hosil bo‘ladi. 3. Ikkinchi probirkaga 1-2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1-2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o‘tgandan keyin

  1. tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko‘k rang emas, balki qizg‘ish yoki sariq rang paydo bo‘ladi. Bu kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganidan darak beradi.

V bob


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə