Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə40/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
9-sinf biologiya

Zaxira funksiyasi — ayrim oqsillar sut, tuxum, o‘simlik donlarida zaxira holatda to‘planib embrion, murtak uchun ozuqa sifatida sarf bo‘ladi.
Energetik funksiyasi — oqsillar muhim energiya manbayi hamdir. 1 g oqsil kislorod ta’sirida to‘liq parchalanganda 17,6 kJ energiya ajralib chiqadi.
Oqsillar gormon vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin gormoni oqsil tabiatiga ega bo‘lib, qonda glukoza miqdorini na- zorat qilib turadi. Umuman tirik organizmlarga xos bo‘lgan barcha vazifalarni bajarish oqsil molekulalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujayrada oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi? Oqsilning katalizator funksiyasi nimadan iborat? Oqsillarning transport funksiyasini tushuntiring.
Quyidagi masalaning javobini hisoblab toping.
Agar 15—16 yoshli o‘quvchining bir kecha-kunduzdagi iste’mol qil- gan ovqati tarkibida 100 gramm oqsil, 95 gramm yog‘, 400 gramm ugle- vod bo‘lsa, bu miqdordagi oqsil, yog‘ va uglevodning parchalanishi nati- jasida biomolekulalar (a), biopolimerlar (b) dan necha kkal va qancha kJ energiya hosil bo‘lishini aniqlang.

  1. §. Nuklein kislotalar

“Nuklein kislotalar” degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni yadro so‘zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869- yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidan leykotsitlar yadro- sidan topilgan. Nuklein kislotalar ikki xil bo‘ladi: DNK — dezoksiri- bonuklein kislota va RNK — ribonuklein kislota.
DNK asosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya va plastidalar tarkibida uchraydi. RNK esa yadro, sitoplazma, mi­toxondriya, plastida va ribosomalar tarkibida uchraydi.
Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati nihoyatda katta. Ular hujayra oqsillarining sintezlanishida, irsiy axborotlarning nasldan naslga o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. DNKdagi irsiy axborotni berili- shi tufayli avlodlar o‘z ota-onasiga o‘xshash bo‘ladi.
DNK. Barcha hujayralar - hayvon va o‘simliklar hujayralari­da irsiy axborotni saqlovchi tuzilma rolini DNK bajaradi. DNK organik birikmalar ichida strukturasi jihatidan o‘ziga xos tuzilgan birikmadir. DNK qo‘sh spiral. DNK molekulasi bir-birining atrofida spiral bo‘lib buralgan ikkita zanjirdan iborat ekanligi 22- rasmda ko‘rinib turibdi. DNK qo‘sh spirali o‘rtasidagi masofa 2 nm atrofida bo‘ladi. Uning uzunligi esa bir necha o‘n ming hatto bir necha yuz ming nanometrga yetishi mumkin. DNK spiralidagi qo‘shni nukleo- tidlar orasida masofa 0,34 nm ga teng bo‘ladi.
Har bir DNK molekulasi polimer bo‘lib, uning monomerlari nukleotidlardir. Nukleotid tarkibi uchta modda azotli asos, ugle- vod (dezoksiriboza) va fosfat kislotasi qoldig‘idan iborat kimyo­viy birikmadir. DNK molekulasi to‘rt xil nukleotidlarni birikishidan hosil bo‘lgan. Nukleotidlar bir-biridan faqat azotli asosi bilan farq qiladi. Nukleotidlar nomi tarkibidagi azotli asos nomi bilan atala­di. Shunga ko‘ra ularni: adeninli azotli asos adenin (A) nukleotid, guaninli (G), timinli (T) nukleotid va sitozinli (C) nukleotid deb ata­ladi. Kattaliklari jihatidan A-G ga T-C ga teng bo‘ladi. Har bir nuk- leotidlarninig o‘rtacha molekular massasi 345 ga teng. DNK qo‘sh spiral, uning qo‘sh spirali hosil bo‘lishida DNK iplarining bir-biriga nisbatan qanday joy olishini va ularni qanday kuchlar bog‘lab tu- rishini ko‘rib chiqaylik.
DNK qo‘sh spiralini shakllanishida nukleotidlar o‘rtasida- gi komplementarlik (lotincha “komplement” - to‘ldirish so‘zidan olingan) asosiy ahamiyatga ega. A (adenin) doimo T (timin) ga, G (guanin) doimo C (sitozin)ga komplementar. Agar DNKning bir zanjirida A(adenin) bo‘lsa hamisha ikkinchi zanjirda T (timin), bir zanjirda G (guanin) bo‘lsa, uning qarshisida doimo C (sito- zin) bo‘ladi. Nukleotidlar shu tariqa joy olgandagina, qo‘sh spiral
• ••
G С A T

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə