Sitologiya va genetika


§. Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə37/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
9-sinf biologiya

§. Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar

Tirik organizmlar hujayrasidan turli tuman oqsillar ajratib olin­gan va o‘rganilgan. Oqsillar xilma-xil fizik va kimyoviy xossalarga ega, bunday xilma-xil xossalar ularning tarkibidagi aminokislota- larga bog‘liq. Oqsilning muhim xossalaridan biri uning molekular massasining nihoyatda yuqori bo‘lishidir. Buning asosiy sababi oqsil tarkibida juda ko‘p aminokislotalarning bo‘lishidir. Aminokis- lotalarning o‘rtacha molekular og‘irligi taxminan 138 ga teng bo‘la- di. Ular o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib birikkanda bir molekula suv ajralib chiqqanligi sababli ularning molekular og‘irligini 120 deb qabul qilinsa bo‘ladi. 0‘rtacha 300 ta aminokislotadan iborat oqsil molekulasining molekular og‘irligi 300x120=36000 ga teng bo‘la- di. 0qsillarning xossalari xilma-xildir. Misol uchun, suvda mutlaqo erimaydigan oqsillar, suvda oson eriydigan oqsillar ham mav­jud. Turli xil ta’sirlarga chidamli yoki chidamsiz, masalan, kuchsiz yorug‘lik yoki biror bir arzimagan mexanik ta’sirdan o‘zgaradigan oqsillar ham mavjud. Lekin barcha hollarda oqsillarning xossa I ari bilan strukturasi uning bajaradigan funksiyasiga mos keladigan bo‘ladi.
Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar ikki xil: tolasi- mon va yumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsil- larga hayvonlaning junidagi, odam sochi, muskuli va ipak qurti- ning ipagidagi oqsillar kiradi. Muskullar tarkibidagi oqsillar qisqa- rish va cho‘zilish xossasiga ega bo‘lib, harakatni ta’minlaydi. Yu­maloq oqsillarga esa hujayradagi eruvchan oqsillar misol bo‘ladi. Bularga ko‘pincha katalizatorlik vazifasini bajaruvchi oqsillar va qondagi gemoglobin oqsillari kiradi. Yuksak darajada faol, tuzilishi oson o‘zgaradigan oqsillar katalizatorlik vazifasini bajaradi, shu bi­lan birga tashqi muhitdan keladigan signallarni qabul qilib oladi va hujayraga o‘tkazadi.
0qsil molekulasi suvda mayda zarrachalarga bo‘linib, kol- loid eritma hosil qiladi. Uning tabiiy holati turli tuzlar eritmasi ta’sirida o‘zgaradi. 0qsil holatining bunday o‘zgarishiga dena- turatsiya deyiladi. Natijada oqsil molekulasining shakli, biologik xossalari va funksiyasi o‘zgaradi, erish xususiyati yo‘qoladi. De- naturatsiya yuqori harorat, nurlanish, og‘ir metallar, bir qator or­ganik moddalar, kuchli mineral kislotalar ta’sirida kuzatiladi. 0qsil denaturatsiya hodisasi hammaga ma’lum chunki tuxum ichidagi tiniq suyuqlik qizdirilganda qattiq va tiniq bo‘lmagan holatga o‘tib qolishini hamma kuzatgan. Agar ta’sir etuvchi sharoit chetlatilsa va oqsil uchun qulay sharoit yaratilsa, denaturatsiyaga uchra- gan oqsil tabiiy nativ holatini tiklashi mumkin. Bu hodisa renatu- ratsiya (nativ holatga qaytishi) deb ataladi. Lekin denaturatsiyaga uchragan tuxum oqsili renaturatsiyalanmaydi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə