Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə34/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
9-sinf biologiya

Mineral tuzlar. Hujayradagi anorganik moddalarning kat­ta qismi tuzlar sifatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq eri- maydigan tuz ko'rinishida bo'ladi. Ion holda uchraydiganlar orasi- da K+, Na+, Ca2+ tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat qo‘zg‘aluvchanlikni amalga oshirishni ta’minlaydi.
H
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI

57

III BO‘LIM
ujayraning buferlik xususiyati uning ichki qismidagi tuzlar- ning aralashmasiga bog‘liq. Hujayraning ichki muhitini mo‘tadil darajada kuchsiz ishqoriy holatda saqlab turish qobiliyati uning buferligi deb ataladi. Hujayraning ichki muhit buferligini aso- san H2PO4 va HPO4- anionlari ta’minlaydi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qondagi buferlik vazifasini H2CO3 va HCO3 bajara- di. Kuchsiz kislotalar va kuchsiz ishqorlarning anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil ionlar (OH-) bilan bog‘lanadi. Natijada hu­jayraning ichki muhiti buferlik darajasi, ya’ni pH qiymati deyarli o‘zgarmaydi. Ca va P ning asosiy qismi suyak to‘qimalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ulardan asosan murakkab kalsiy fosfat va murakkab kalsiy karbonat tuzlari ko‘rinishda foydalanadi.
S
1.
2.
3.
uvning biologik ahamiyati uning qanday xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi?

Suv erituvchi sifatida qanday ahamiyatga ega?
Tirik organizmlar tarkibida ko‘p uchraydigan mineral tuzlarga nimalar kiradi?
Quyidagi jadvalda berilgan hujayradagi elementlar qanday vazifalarni bajarishini juftlab ko‘rsating.

1

H2 O

A

qon hosil qilishda ishtirok etadi

2

K+,Na+,Ca2+

B

hujayra ichi buferligini ta’minlaydi

3

H2 PO4 va PO4+

D

suyak to‘qimalarini hosil qiladi

4

Ca va P

E

qo‘zg‘aluvchanlikni ta’minlaydi

5

OH- va H+

F

hujayradan tashqaridagi buferlikni ta’minlaydi

6

H2CO3 va HCO3

G

fotosintez jarayonida ishtirok etadi

7

Co

H

turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi

8

Mg

I

moddalarni eritish

1-

2- 3-

4-

5- 6- 7- 8-


  1. §. Biomolekulalar

Tirik organizmlar hujayrasining o‘rtacha 20-30 foizini organik birikmalar tashkil qiladi. Ular xilma xil katta va kichik molekular og‘irlikka ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, biomolekulalar deb atala­di. Kichik molekulali oddiy organik molekulalar monomerlar deb ataladi. Ko‘p sonli monomerlar bir-biri bilan qo‘shilib, juda kat­ta molekulalarni hosil qiladi. Ular makromolekula yoki polimer- lar deb ataladi. Barcha tirik organizmlar tarkibida asosan to‘rt xil makromolekulali organik birikmalar: uglevod, oqsil, nuklein kislota va lipidlar uchraydi. Bulardan oqsil, nuklein kislota va uglevodlar biopolimerlar deb ataladi. Chunki ular bir-biriga o‘xshash tuzilish- ga ega bo‘lgan monomerlardan, ya’ni aminokislota, nukleotid va monosaxaridlardan iboratdir. Lipidlar bundan istisnodir.
Har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o‘zi- ga xos bo‘lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopoli­merlar tirik organizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uch- ta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tuzilmalar hosil qiluv- chi biopolimerlar bo‘lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan iborat. Ikkinchi guruh biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki tashish (transport) vazifasini bajaruvchi biopolimerlar bo‘lib, ular- ga asosan oqsillar kiradi. Uchinchi guruh axborot saqlovchi infor- matsion polimerlar bo‘lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan.
Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislotalardir. Ug­levodlar bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomo­lekulalar hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan vazifalariga alohida to‘xtaymiz. Ular hayot faoliyatini barcha jara- yonlarida hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali orga­nik moddalar - gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid va boshqalar uchraydi. Turli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi organik birikmalarni saqlaydi. Masalan, o‘simlik hujayralarida ug­levod ko‘p bo‘ladi. Hayvon hujayralarida aksincha, oqsillar ko‘p uchraydi. Hujayraning qaysi tipga mansubligidan qat’i nazar, un- dagi organik moddalar o‘xshash vazifalarni bajaradi.
Biomolekulalar deb qanday moddalarga aytiladi? Biopolimerlarga qanday moddalar kiradi?
Hujayralarda qanday kichik organik birikmalar mavjud?
Tirik organizmlardagi biopolimerlarning guruhlarini ko‘rsating.
O‘simlik va hayvon organizmiga xos organik birikmalarni ko‘rsating.

  1. §. Uglevodlar

Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular umumiy Cn(H2O)m formula bilan ifodalanadi. “Uglevod” atama- sining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xud- di suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega birikmalardir. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishida alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchili- gi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, pax- ta tolasini, kanop o‘simligi po‘stlog‘ini sellyuloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. Kraxmal esa o‘simliklarning ildizmeva- larida, tugunaklarida va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira modda sifatida to‘planadi.
Hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo‘lib, 1-2 foizni, ba’zan jigar va muskul hujayralarida 5 foizni tashkil qiladi. O‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim hollarda o‘simliklarning quruq massasining 95 foizi uglevod- dan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi.
Uglevodlar uglerod, vodorod va kisloroddan tarkib topgan or­ganik birikmalardir, shuningdek, uglevodlarning ko‘pchilik qismida vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan ikki baravar ortiq bo‘ladi.
Uglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy uglevodlar mono- saxaridlar, murakkab uglevodlar esa polisaxaridlar deb ataladi.
Monosaxaridlar. Monosaxaridlar nomi “oza” bilan tugaydi. Molekuladagi C atomi soni va monosaxaridning biror xossasi so‘z o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, monosaxarid tarkibida C uchta bo‘lsa - trioza, to‘rtta bo‘lsa - tetroza, beshta bo‘lsa - pentoza, oltita bo‘lsa - gek- soza va hk. “Glukoza” nomi esa shu monosaxaridning shirinligini, “fruktoza” - bu monosaxaridning mevada bo‘lishini, “galaktoza” - esa monosaxaridning sutda bo‘lishini ko‘rsatadi. Eng ko‘p tarqa­lgan monosaxaridlar glukoza (uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning qondagi miqdori 0,1-0,12 % ga teng. Glukoza ko‘pgina disaxaridlar va polisaxaridlar tarkibiga kiradi. Pentozalarga riboza bilan dezoksiriboza misol bo‘ladi.
Disaxaridlar. Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma disaxaridlar deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi shaka- ri), maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo‘ladi. Disa- xaridlardan biri shakar, ya’ni saxarozadir. Saxaroza bir molekula glukoza bilan bir molekula fruktozadan tuzilgan, sut shakari esa bir molekula glukoza bilan bir molekula galaktozadan tashkil topgan.
Polisaxaridlar. Polisaxaridlar ichida eng ko‘p tarqalganlari kraxmal (o‘simliklarda), glikogen (hayvonlarda) va sellyulozadir. Ularning monomeri glukoza hisoblanadi. Paxta tolasi deyarli toza sellyulozadan iborat.
uglevodlarning ahamiyati. Uglevodlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi. Masalan, sellyuloza o‘simlik hujayrasining qobig‘larini hosil qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin moddasi ham ugle- voddan iborat bo‘lib, hasharotlarni tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida ham uchraydi.
Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblana­di. 1 gramm uglevod parchalanganda 17,6 kJ energiya ajralishi aniqlangan.
O‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda si-
fatida hujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda ener­giya zaxirasi vazifasini o‘taydi.
Uglevodlar nomi nimadan kelib chiqqan?
Hujayrada qanday uglevodlar bor?
Uglevodlar qanday xillarga bo‘linadi?
Uglevodlar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
Monsaxaridlarni tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.
Saxaroza nimalardan olinadi?
Quyidagi misolni bajaring.
Agar 9- sinf o‘quvchisi bir kecha kunduzda 450 g uglevodga ehtiyoj sezsa, bu miqdordagi uglevodning parchalanishidan necha kJ va kkal energiya hosil bo‘ladi?

  1. §. Lipidlar

Suvda erimaydigan organik birikmalar lipidlar yoki yog‘lar deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bi­lan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar - ney- t ral yog‘lardir. Hayvonlarning neytral yog‘lari — yog‘lar, o‘simlik yog‘lari esa — moylar deb ataladi. Moylar odatdagi haroratda suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai si­fatida namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan 1,5-2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 gramm yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida 38,9 kJ energiya ajralib chiqadi. Hujay­radagi yog‘ning miqdori 5-15 % atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalari- ning hujayralarida yog‘ning miqdori 90 % gacha boradi. Qishki uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida yog‘lar ortiqcha miq- dorda to‘planadi. Umurtqali hayvonlarning teri ostida ham yog‘lar to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larning parcha­lanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir. 1 kg yog‘ ok- sidlanganda 1,1 litr suv hosil bo‘ladi. Bu metabolik suv cho‘l hay- vonlari uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Tuya o‘rkachida to‘plan- gan yog‘ energiya manbai emas (ko‘pincha shunday noto‘g‘ri tushuncha mavjud) balki suv manbayi hisoblanadi. O‘simliklar- ning urug‘larida ham moylar zaxira modda sifatida ko‘p miqdorda to‘planadi. Bularga moyli o‘simliklardan kungaboqar, zig‘ir, g‘o‘za, soya, maxsar va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Oddiy lipidlar kimyoviy jihatdan glitserin va yog‘ kislotasidan iborat. Oddiy lipidlarning yana bir vakili mumlardir. O‘simlik va hayvonlar bu moddadan suvni yuqtirmaslik maqsadida foydalana- di. Mumdan, asalarilar uya quradi.
Tirik organizmlarning hujayralarida murakkab lipidlar ham muhim ahamiyatga ega. Murakkab lipidlar tarkibida glitserin va yog‘ kislotasidan tashqari qo‘shimcha birikmalar bo‘ladi. Bulardan biri fosfolipidlar bo‘lib, hujayra membranalari tarkibiga kiradi. Ular membranalarni hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega hisoblana­di. Lipidlar oqsillar bilan birikib lipoproteinlarni hosil qiladi. Lipo- proteinlar transport (tashish) va qurilish (membranalarni) vazifasi- ni bajaradi.
Murakkab lipidlarga glikolipidlar ham taalluqlidir. Bular hu­jayra membranalari tarkibida uchraydi. Lipidlarga yana bir guruh moddalar steroidlar ham kiradi. Ular o‘simlik va hayvon organizm- larida keng tarqalgan. Organik kislota va ularning tuzlari, jinsiy gormonlar, vitaminlar, xolistirol va boshqalar shular jumlasidandir. Bular bir qator muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
Qanday birikmalar lipidlar deb ataladi?
Yog‘lar organizmda qanday vazifalarni bajaradi? Lipidlar qanday xillarga ajratiladi?
Oddiy va murakkab lipidlarga misollar keltiring.
Lipidlar kimyoviy strukturasi jihatidan qaysi moddalardan tashkil topganligini tushuntiring.
M

urakkab lipidlar bilan oddiy lipidlarni xususiyatlarini taqqoslang.
Odam organizmining fizilogik ehtiyojiga ko‘ra bir kecha-kun- duzgi ovqat tarkibidagi yog‘ miqdori 80-110 gramm bo‘lishi ke- rak. Agar 15-16 yoshli o‘quvchining bir kecha-kunduzdagi iste’mol qilgan ovqati tarkibida 95 gramm yog‘ bo‘lsa, bu miqdordagi yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida qancha kkal va qancha kJ energiya hosil bo‘ladi?


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə