|
![](/i/favi32.png) Sitologiya va genetika§. 3- laboratoriya mashg‘uloti
|
səhifə | 31/100 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 244,49 Kb. | | #154335 |
| 9-sinf biologiya§. 3- laboratoriya mashg‘uloti
O simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmolizni
kuzatish
Ishning maqsadi. Elodeya o‘simligi hujayrasida plazmoliz va de- plazmolizni o‘rganish.
Hujayra shirasida suvda eriydigan birikmalar ko‘p bo‘ladi. Agar biz hujayrani tuzli eritmaga botirsak, hujayra tarkibidagi suv, hujayra tashqarisiga chiqa boshlaydi. Bunda hujayra tarangligi yo‘qolib hujayra pardasi asta-sekin burisha boshlaydi. Bu hodisa plazmoliz deb ataladi. Agar shu hujayra yana toza suvga botirilsa, u o‘zining avvalgi holatiga qaytadi, ya’ni deplazmoliz hodisasi ro‘y beradi.
Kerakli jihozlar. Buyum va qoplovchi oyna, qizil piyoz, elodeya 1 m NaCl eritmasi, mikroskop, pinset.
Ishning borishi. 1. Elodeya epidermisidan o‘tkir pichoq bilan 3x4 mm qalinlikda bo‘lakchalar tayyorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, predmet oynasidagi bir tomchi suvga botiriladi. Qoplovchi oyna bilan yopib, mikroskop ostida kuzatiladi. Hujayra holatining ras- mini chizing.
Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Ikkinchi tomondan esa filtr qog‘oz yordamida qoplovchi oyna tagidan suv tortib olinadi. 5-7 daqiqadan so‘ng hujayra pardasi torayib, burisha boshlaydi. Bunda plazmoliz ro‘y beradi.
Buyum oynasidagi osh tuzi eritmasi yana yuqorida ko‘rsatil- gan yo‘l bilan toza suvga almashtiriladi. 5-7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bu deplazmoliz hodisasi bilan bog‘liq.
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
H
o Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari i Hujayra tarkibiga kiruvchi organik ~ birikmalar
Hujayralarda moddalar va energiya almashinuvi J
Dostları ilə paylaş: |
|
|