Sitologiya va genetika


§. Prokariot va eukariot hujayralar



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə28/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100
9-sinf biologiya

§. Prokariot va eukariot hujayralar

Hayotning hujayraviy shakllari hujayrasining tuzilishiga ko‘ra ikkita katta guruh: prokariot va eukariotlarga bo‘linadi. Proka­riotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari (sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug‘lar, o‘sim- lik va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga ko‘ra ikkita guruhga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh: prokariot va eukariotlar deb ataladi.
Prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishida o‘xshash- lik va farqli tomonlari mavjud. Ularning o‘xshashlik tomonlari har ikkala hujayralarda hujayra qobig‘i, sitoplazma, ribosoma, nuk- lein kislotalardan DNK va RNKlar bo‘ladi. Prokariot va eukariot hujayralarda oqsil sintezi ribosomalarda kechadi. Irsiy axborot- ni nasldan naslga berilishi ham nuklein kislotalar orqali berila- di. Prokariot va eukariot hujayralarning ikkiga bo‘linib ko‘payishi, oziqlanishi, nafas olishida o‘xshashlik tomonlar mavjud.
Prokariot va eukariot hujayralarning asosiy farqlari quyida- gi jihatlarda namoyon bo‘ladi: eukariot hujayralarda shakllangan yadro, asosiy organoidlar mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi organoidlar bo‘ladi. Prokariot hujayralarda yadro, mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi asosiy organoidlar bo‘lmaydi. Prokariot va eukariot hujayralarning bo‘linishida ham farq kuzatiladi. Prokariot organizmlar hujayrasi to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘linadi, ya’ni mitoz kuza- tilmaydi, eukariot hujayra esa asosan mitoz usulida bo‘linadi.
Eukariotlar zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvon hujayralarining tuzilishida o‘zaro o‘xshashlik va farqli tomonlar mavjud. Zambu- rug‘ bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlari: zamburug‘ hu­jayrasining qobig‘i xitinsimon moddadan, o‘simlikning hujayra qo- big‘i esa sellyulozadan iborat. Zamburug‘larda plastidalar bo‘lmay- di, o‘simlik hujayrasida plastidalar mavjud. Zamburug‘larning oziqlanish usuli saprofit, o‘simliklarning oziqlanish usuli avtotrof.
Hayvon va o‘simlik hujayrasining ham farqli tomonlari mavjud. Misol uchun, o‘simlik hujayrasi qobig‘i sellyulozadan, hayvon hu­jayrasi esa glikokaliksdan iborat. 0‘simlik hujayrasida plastida va vakuolalar bo‘ladi, hayvon hujayrasida esa bo‘lmaydi. 0‘simlik hu­jayrasi bilan hayvon hujayrasining bo‘linishida farq mavjud. Hay­von hujayrasi bo‘linganda plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo bo‘lib ikkiga bo‘linadi. 0‘simlik hujayrasida esa hujayraning o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, hujayrani teng ikkiga bo‘ladi.
Prokariot va eukariot hujayralarining o‘xshashlik va farqli tomonlari nimadan iborat?
Zamburug‘ hujayrasi bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlarini ayting.
Hayvon hujayrasi bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlarini yoritib bering.


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə