Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə26/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
9-sinf biologiya

Xloroplastlar - bu organoidlar o‘simliklar bargi, bir yillik novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‘p bo‘ladi. Xloroplast- larda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham sintezlanadi.

  • Xromoplastlar - har xil rangga ega plastidalar. Ular gullar va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultojibarg- lar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‘aldoq kabi bo‘lishi xromoplastlarga bog‘liq. Plastida membranalari orasidagi bo‘shliqda DNK, RNK va ribosomalar bo‘ladi. Plastidalar o‘z on- togenezida biri-ikkinchisiga aylanib turadi. Xloroplastlar xromo- plastlarga, leykoplastlar xloroplastlarga aylanadi.

    Lizosomalar (yunoncha - “lizeo” - eritaman, “soma” - tana degan so‘zlardan olingan) uncha katta bo‘lmagan yassi tanacha- lardir. Diametri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana bilan o‘ralgan. Lizosomada oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalaydigan 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo‘ladi. Lizosomalar Golji majmuasidan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘lishi mum- kin. Lizosomalar oziq moddalarni aktiv hazm qilish layoqatiga ega bo‘lib, hujayraning hayot faoliyati natijasida nobud bo‘lgan hujay­ra qismlarini yo‘qotishda ishtirok etadi. Masalan, itbaliqning dumi lizosoma fermentlari ta’sirida yo‘q bo‘lib ketadi.
    Vakuolalar o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, mem­brana bilan o‘ralgan. Ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membra­nalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik birikmalar va tuzlar uchraydi.
    Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suv- ning o‘tishini ta’minlaydi va uning tarang, ya’ni turgor holati- ni vujudga keltiradi. Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini ta’minlaydi.
    Hujayra markazi (sentriola), ikkita silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil topgan bo‘lib, bir biriga nisbatan perpendi- kulyar bo‘lib joylashgan tuzilmalardan tashkil topgan va ular sen­triola deb ataladi. To‘qqiz bog‘lamdan iborat sentriola devorlari- ning har biri uchta mikronaychani o‘z ichiga oladi. Sentriola si- toplazmaning o‘zidan o‘zi ko‘payadigan organoidi hisoblanadi. Ularning ko‘payishi, oqsil kichik bo‘lakchalarning o‘zini o‘zi yig‘ish jarayonida amalga oshiriladi. Hujayra markazi hujayralarning bo‘linishida muhim ahamiyatga ega, ular bo‘linish urchug‘ini hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ko‘pchilik o‘simlik va suv o‘tlarida hujayra markazi bo‘lmaydi. Ulardagi bu vazifani maxsus fermentlar bosh- qaradi.
    Sitoskelet. Eukariot hujayralarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, ularning sitoplazmasida mikronaychalar va oqsil tolalaridan iborat bo‘lgan tayanch skelet tuzilmalarning mavjudligidir. Si- toskeletning elementlari yadro qobig‘i va tashqi plazmatik mem­brana bilan zich birikkan bo‘lib, sitoplazmada murakkab bog‘lam- larni hosil qiladi. Sitoplazmaning tayanch elementlari hujayraning shaklini aniqlaydi, hujayra ichki tizimlarining harakatini va butun hujayraning joyini o‘zgarishini ta’minlaydi.
    Hujayraning harakat organoidlariga asosan kiprikchalar va xivchinlar kiradi. Sodda hayvonlardan xivchinlilar va ko‘p hujayrali hayvonlarning spermatozoidlari xivchinlar yordamida harakatlanadi.

    Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə