Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə23/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
9-sinf biologiya

Sitoplazma. Hujayraning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan sito­plazma tashqi muhitdan plazmatik membrana bilan ichkaridan esa yadro qobig‘i bilan ajralib turadi. Sitoplazma hujayralarning yarim suyuq holdagi ichki muhitidir. Sitoplazmada organoidlar, kiritma- lar, shuningdek, hujayra skeletini hosil qiladigan mayda-mayda naychalar va iplar joylashgan bo‘ladi. Sitoplazma asosiy moddasi- ning tarkibida oqsillar ko‘p bo‘ladi. Asosiy moddalar almashinuvi jarayonlari sitoplazmada boradi. Sitoplazma barcha organoidlar- ni bir butun qilib birlashtiradi va hujayra faoliyatini ta’minlab bora­di. Sitoplazma organoidlarini umumiy va xususiy, membranali va membranasiz organoidlarga ajratish mumkin. Umumiy organoidlar organizm tarkibidagi barcha hujayralarda uchraydi. Ularga mito- xondriya, hujayra markazi, golji majmuasi, ribosoma, endoplaz­matik to‘r, lizosoma, plastidalar misol bo‘ladi.
Xususiy organoidlar ayrim hujayralardagina uchraydi. Ularga misol qilib, infuzoriyalardagi kiprikchalar, evglena va spermato-
zoiddagi xivchinlar, epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar, nerv hu- jayralaridagi neyrofibrillalarni olish mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, sitoplazmada bir qator orga- noidlar mavjud va ular turli xil vazifalarni bajaradi.
Endoplazmatik to‘r murakkab membranalar tizimidan ibo­rat bo‘lib, barcha eukariot hujayralarning sitoplazmasini qamrab olgan. Endoplazmatik to‘r bir qavat membrana bilan chegaralan- gan vakuolalar va kanalchalar tizimidan tashkil topgan. Kanalcha- lar shoxlanib, hujayraning hamma qismlarini bir-biri bilan hamda plazmatik membranani boshqa organoidlar va yadro qobig‘i bilan bog‘lab umumiy to‘rni hosil qiladi. Endoplazmatik to‘r ayniqsa, moddalar almashinuvi jadal borayotgan hujayralarda yaxshi rivoj- langan bo‘ladi. Endoplazmatik to‘rning hajmi hujayra umumiy haj- mining o‘rtacha 30-50 % gacha qismini egallaydi. Endoplazmatik to‘r o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki xil: silliq va donador bo‘ladi.
Silliq endoplazmatik to‘rning membranalarida yog‘ va ug- levodlar almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlar bo‘ladi. Shu- ning uchun ham uning asosiy vazifasi lipidlar va uglevodlarni sin- tez qilishdir. Silliq endoplazmatik to‘r ayniqsa, yog‘ bezlari (yog‘ sintezi)da, jigar hujayralari (glikogen sintezi)da zaxira moddalar to‘planadigan hujayra (o‘simlik urug‘)larida ko‘p bo‘ladi. Muskul hujayralarida silliq endoplazmatik to‘r muskul tolalarining qisqa- rishida ishtirok etadi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə