Sitologiya va genetika


Plazmatik membrananing tuzilishi, xususiyatlari, funksiyalari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə21/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
9-sinf biologiya

Plazmatik membrananing tuzilishi, xususiyatlari, funksiyalari. Elektron mikroskop orqali olib borilgan tekshirishlar bakteriyalar,
1
.4k
9-rasm.
Hayvon va o‘simlik hujayrasining tuzilish sxemasi.

o‘simliklar va hayvonlar hujayrasida yupqa tashqi qobiq borligini aniqlash imkonini berdi. Bu qobiq hujayraning tashqi membranasi deb ataladi (lotincha “membrana” - qobiq, parda). Hujayra qobig‘i hujayrani tashqi muhit va boshqa hujayralar bilan bog‘lab turishni ta’minlaydi. Shuningdek, u himoya, to‘siq, moddalarni tanlab o‘tkazish, retseptorlik vazifasini ham bajaradi. Hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig‘i juda yupqa va elastik bo‘ladi. Shuning uchun tayanch vazifasini bajara olmaydi (19- rasm).
O'simlik hujayrasining qobig'i qalin bo'lib, u asosan sellyulozadan iborat. O'simlik hujayrasining qobig'i tayanch vazifasini ham bajaradi. Plazmatik membrana barcha hujayralar uchun universal bo'lgan - biologik membranadir.
Plazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. Hujayra o'zining yuza qismida yupqa qobiq hosil qilib sitoplazmasini tashqi muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to'xtovsiz harakatlanib turadi, unda qavariq va botiqlar paydo bo'lib, to'lqinsimon tebranma harakat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar ko'chirilib turadi. Plazmatik membrana yuksak pishiqlikka va elastiklikka ega. U ozgina shikastlangan yoki yo'qotgan qismini tezda hosil qilib o'zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.
Plazmatik membrana bir tekis yaxlit tuzilgan emas. Unda maxsus fermentativ kanalchalar bo'lib, ular orqali hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali moddalar o'tadi. Shu bilan birga hujayra faoliyati natijasida hosil bo'lgan moddalar hujayra tashqarisiga chiqariladi. Ayrim hollar- da ion va kichik molekulalar hujayra ichiga membrana orqali ham o'ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol transport bo'lib, ATF energiyasi sarflanishi orqali amalga oshadi.
Plazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan o'tsa, boshqalari umuman o'tmaydi. Masalan, K+ ionlarining hu­jayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko'p bo'ladi. Na+ ionlari aksincha, hujayra tashqarisida ko'p. Na+ ionlari hu­jayra ichida kam bo'lishiga qaramay hujayradan tashqariga chiqa­riladi. K+ ionlari esa aksincha. Bu albatta, ATF energiyasi sarfi orqali amalga oshadi va faol transportga misol bo'ladi. Hujayra membranasining muhim xususiyati tanlab o'tkazish, ya’ni yarim o‘tkazuvchanlikdir.
Plazmatik membrana faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni hu­jayra ichiga o'tkazibgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig'indisidan hosil bo'lgan yirik zarrachalarni ham o'tkazish xusu- siyatiga ega. Bu xususiyat o'z navbatida ikkiga: fagositoz va pi- nositozga ajratiladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə