Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə27/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
9-sinf biologiya

Hujayra kiritmalari. Sitoplazmada turli xil moddalar ham to‘planadi. Ular kiritmalar deb ataladi. Bular sitoplazmaning doi­miy bo‘lmagan tuzilishi hisoblanib, organoidlardan farqli ravishda hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo bo‘lib, goh yo‘q bo‘lib turadi. Ular trofik (oziq), sekretor, pigment, qoldiq kiritmalar- ga ajratiladi.
Mitoxondriyaning asosiy vazifasi nimadan iborat? Plastidalarning qanday xillari bor? Ularga ta’rif bering. Lizosoma hujayrada qanday vazifani bajaradi?
Vakuola qanday tuzilishga ega?
Quyidagi jadvalda organoidlar tuzilishi berilgan, ularni juftlab ko‘rsating

1

Hujayra umumiy hajmining 30-50 % ini tashkil etadi.

А

Hujayra markazi

2

Zich joylashgan qopchalar tizimi, vakuolalar va pufakchalardan tashkil topgan.

B

Lizosoma

3

Katta va kichik yassi tana- chalardan iborat.

V

Golji majmuasi

4

Membranasida gidrolitik fer- mentlar joylashgan

S

Mitoxondriya

5

Ikki qavat membranalardan iborat, ichki qavat membranalari kristalar deb ataladi

D

Plastida

6

Ichki qavat membranasi stroma deb ataladi

G

Vakuola

7

Devori to‘qqizta triplet naychalardan tashkil topgan

J

Ribosoma

8

Tarkibi organik birikmalar va tuzlardan tashkil topgan

E

Endoplazmatik to‘r

1-

2- 3- 4- 5-

6-

7- 8-




  1. §. Yadro va uning tuzilishi

\ I
Yadro - zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining mu- him tarkibiy qismi hisoblanadi. Yadroning shakli, o‘lchami hujay­raning shakli va o‘lchami hamda funksiyasiga bog‘liq. Asosan hu- jayralarda bitta yadro bo‘ladi. Ayrim hujayralargina jigar, muskul, suyak ko‘mik hujayralari ko‘p yadroli bo‘ladi. Yadro asosan quyi­dagi vazifalarni bajaradi: 1. Irsiy axborotni saqlash, ko‘paytirish va nasldan-naslga o‘tkazish. 2. Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qilish.
Hujayra hayotining turli davrlarida yadroning tuzilishi va funk- siyalari har xil bo‘ladi. Interfaza holatidagi yadro quyidagi qism- lardan yadro qobig‘i, yadro shirasi, yadrocha va xromosomadan tashkil topadi.
Yadro qobig‘i ikki qavat: tashqi va ichki membranadan tashkil topgan. Yadroning tashqi membranasi ribosomalar bilan qoplan- gan, ichki qavat membranasi esa silliq bo‘ladi. Yadroning tashqi qavat membranasi endoplazmatik to‘r kanalchalari bilan tutash- gan. Yadro bilan sitoplazma o‘rtasidagi moddalar almashinuv ja- rayoni ikki yo‘l bilan amalga oshadi. Birinchidan, yadro qobig‘ida juda ko‘plab kanalchalar bo‘lib, bu kanalchalardan sitoplazmadan yadro ichiga va yadrodan sitoplazmaga moddalar o‘tadi. Ikkinchi- dan yadrodagi moddalar yadro qobig‘ini ayrim qismlarining bo‘rti- shi va ajralib chiqishi hisobiga sitoplazmaga o‘tadi. Yadro bilan sitoplazma o‘rtasida faol moddalar almashinuvi amalga oshishi- ga qaramay, yadro qobig‘i yadro shirasi (karioplazma)ni sitoplaz­madan ajratib turadi. Yadro qobig‘i yadro shirasi bilan sitoplaz- maning kimyoviy tarkibidagi farqni saqlab turadi. Bu yadro struk- turalarini normal funksiyasini ta’minlab beradi.
Yadro shirasi. Yadro ichidagi turli strukturalarni bog‘lab turuvchi gelsimon suyuqlik bo‘lib, unda xromatin va yadrochalar joylashadi. Karioplazma tarkibida turli vazifalarni bajaruvchi oqsil- lar, fermentlar, erkin nukleotidlar, aminokislotalar va boshqa mod­dalar bo‘ladi.
Xromosoma (yunoncha “xroma” - bo‘yoq, “soma” - tana so‘zlaridan olingan) shaklan yadrodan farq qiluvchi, ba’zi bir bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir. Xromatin DNK va oqsildan iborat bo‘lib, xromosoma- ning spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi. Ular yaxshi bo‘yalmaydi. Xromosomaning yaxshi bo‘yalmaydigan qismlari - euxromatin deyiladi. Xromosomalarning spirallashgan qismi to‘q bo‘yaladi va geteroxromatin deyiladi. Xromosomaning spirallashgan qismlari genetik nuqtayi nazardan faolsiz.
Bo‘linayotgan hujayralarda barcha xromosomalar kuchli spi- rallashgan, qisqargan, ixcham shaklga va o‘lchamga ega bo‘lgan holda uchraydi. Xromosomalar shakli birlamchi belbog‘ yoki sen- tromeraga bog‘liq bo‘ladi. Sentromeraga hujayraning bo‘linish vaqtida bo‘linish urchug‘i kelib birikadi. Sentromera xromosomani qaysi qismida joylashishiga qarab asoson uch xil tipdagi xromo­somalar farq qilinadi: 1) teng yelkali - metatsentrik 2) noteng yel- kali - submetatsentrik 3) tayoqchasimon - akrotsentrik.
Xromosomalarni o‘rganish quyidagilarni aniqlashga imkon yaratdi.

  1. Har qanday o‘simlik yoki hayvon organizmining somatik hu- jayrasidagi xromosomalar soni bir xil.

  2. Har qanday organizmning jinsiy hujayrasi hamma vaqt so­matik hujayraga nisbatan ikki barobar kam xromosomaga ega.

  3. Bir turga mansub barcha organizmlarning hujayrasidagi xro­mosomalar soni bir xilda bo‘ladi.

Hujayradagi xromosomalar soni turning tuzilish darajasiga bog‘liq emas va har vaqt ham ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqa- larini ko‘rsatmaydi. Ularning soni kelib chiqishi bir-biridan ancha uzoq bo‘lgan har xil tur vakillarida bir xil va aksincha kelib chi­qishi yaqin bo‘lgan turlarda esa har xil miqdordagi xromosoma­lar uchrashi mumkin. Masalan, har xil turga mansub bo‘lgan va sistematik jihatdan bir-biridan ancha uzoq joylashgan shimpan- ze, suvarak hamda qalampirda xromosomalar diploid soni bir xil bo‘ladi va 48 ga teng. Odamda 46 ta va tuzilishi birmuncha sodda bo‘lgan zog‘ora baliqda 104 ta, drozofila pashshasida 8 ta xromo- soma bo‘ladi. Bu holat xromosomalar sonining doimiylik qoidasi deyiladi.
Somatik hujayraning xromosomalar to‘plamining miqdoriy (soni va o‘lchami) va sifatiy (shakli) belgilari yig‘indisi kariotip deb ataladi.
Bir xil shakl, o‘lchamga ega bo‘lgan xromosomalar go- mologik xromosomalar deb ataladi. Somatik hujayraning xromo- soma to‘plamidagi har bir xromosoma o‘z juftiga ega va juft xro- mosomalar (yoki diploid) deb ataladi. Diploid to‘plam 2n bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralarga juft gomologik xromosomalardan faqat bittasi o‘tadi, shuning uchun gametaning xromosoma to‘pla- mi toq (yoki gaploid) deyiladi.
Hujayraning bo‘linishi tugagandan so‘ng, xromosomalar despirallashadi, ya’ni yoyiladi va yangidan hosil bo‘lgan yosh hujayralarning yadrolarida yana xromatinning donachalari yoki yupqa to‘rlari ko‘rina boshlaydi.
Yadrocha - faqat interfaza holatidagi hujayralarda bo‘ladi, ular mitoz paytida yo‘qolib ketadi. Mitoz tugagach yadrocha yana paydo bo‘ladi.
Yadrocha yadroning mustaqil tuzilishi emas. U xromosoma- ning ribosoma RNK (r-RNK)ni hosil qilishga javob beruvchi qismi- ning atrofida vujudga keladi. Uning tarkibida juda ko‘p sonli r-RNK molekulalari uchraydi. Bundan tashqari yadrochada riboso- malar ham shakllanadi va keyinchalik sitoplazmaga o‘tadi. Shun- day qilib yadrocha - shakllanish darajasi har xil bo‘lgan riboso- malar va r-RNK ning to‘plamidan iborat.
Yadroning shakli va katta-kichikligi nimaga bog‘liq bo‘ladi? Yadro qanday vazifalarni bajaradi?
Xromosomalar soni haqida ma’lumot bering.
Yadrochaning tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumot bering.


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə