|
![](/i/favi32.png) Sitologiya va genetikaOddiy va murakkab oqsillar
|
səhifə | 38/100 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 244,49 Kb. | | #154335 |
| 9-sinf biologiyaOddiy va murakkab oqsillar. Hujayra tarkibidagi barcha oqsillar ikkita katta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo‘li- nadi. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo‘la- di. Oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar albuminlar deb ataladi. Tuxum oqsili, bug‘doy va no‘xat oqsillari albuminlarga misol bo‘ladi. Osh tuzining kuchsiz eritmasi- da eriydigan oqsillar globulinlar deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar va ko‘pchilik o‘simlik oqsillari globulinlarning vakillaridir. Tirik organizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy eritmalarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo‘lmagan birikma- larning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqalarga bo‘linadi. Xromoproteinlar rangli oqsillar bo‘lib, tirik organizmlarda ko‘p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili xromopro- teinlarga kiradi, uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoprotein- lar oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murak- kab birikmalardir. Ular barcha tirik organizmlarning tarkibida uchraydi va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Oqsillarning muhim xossalari nima bilan bog‘liq?
Oqsillar qanday shakllarda uchraydi?
Oqsil denaturatsiyasi deb nimaga aytiladi?
Xromoprotein, lipoprotein va glikoproteinlar qaysi moddalardan tuzilganligini tushuntiring.
Quyidagi masalaning yechimini hisoblab toping.
Faraz qilaylik, agar ribonukleaza fermenti tarkibida 124 aminokislota bo‘lsa, bu fermentning molekular massasi qanchaga teng ekanligini va peptid bog‘lar nechta bo‘lishini hisoblab toping.
§. Oqsillarning funksiyasi
ч
Hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|