Sitologiya va genetika


hujayralarda moddalar almashinuvi



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə43/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
9-sinf biologiya

hujayralarda moddalar almashinuvi

VA ENERGIYA

\

30- §. Moddalar almashinuvi




Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu jarayon moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lishi- ni ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o‘zini o‘zi yangilash- ga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishga olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi.


Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Modda- lar almashinuvi bir-biriga qarama-qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi. Bular assimilyatsiya (anabolizm, plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (katabolizm, energetik almashinuv) reaksiyalaridan iborat. Moddalar almashinuvi orga- nizmda ikkita: qurilish va energetik funksiyalarni bajaradi.
Plastik almashinuv (anabolizm). Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo‘lishi, ya’ni sintezlanish ja- rayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil mod­dalarni qabul qiladi va ularni o‘zlashtiradi. Odam iste’mol qilinadi­gan bir kunlik ozuqaning energiyasi - 3000 kkalga teng keladi.
Bu o‘zlashtirilgan mahsulotlar hujayrada kechadigan sintezlanish reaksiyalari uchun mahsulot sifatida sarf bo‘ladi. Hujayrada oqsil­lar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar sintezlanadi. Ayniqsa, o‘sayotgan hujayralarda assimilyatsiya reaksiyalari jadal bora- di. Lekin to‘liq shakllanib bo‘lgan hujayralarda ham doimo sarf bo‘lgan organik moddalar o‘rniga yangilari sintezlanib turadi. Hu­jayrada boradigan moddalarning sintezlanish jarayoni biologik sin- tez yoki qisqacha aytganda biosintez deb ataladi. Barcha biosin- tez reaksiyalari energiya yutilishi bilan amalga oshadi. Hujayrada boradigan oqsil, uglevod, lipid va nuklein kislota kabilarning sin- tezlanishi plastik almashinuvga misoldir. Biosintez reaksiyalarining yig‘indisi plastik almashinuv yoki assimilyatsiya deb ataladi. Fer- mentlar yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, monosa- xaridlardan esa murakkab uglevodlar hosil bo‘ladi. Azotli asoslari esa nukleotidlar hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy asetat kislotalar- dan murakkab yog‘ kislotalari paydo bo‘ladi. Ular glitserin modda- si bilan reaksiyaga kirishib yog‘larni va moylarni hosil qiladi. Bio- sintetik reaksiyalar har bir individ va turga xos bo‘lgan xususiyat- lar asosida farqlanib turadi. Natijada oqsil - fermentlar yordamida hosil bo‘ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o‘z navbati- da mazkur hujayraning genlar to‘plami genotip bilan bog‘liq.
Hosil bo‘lgan moddalar o‘sish jarayonida hujayra va ularning organoidlarini hosil qilish hamda sarflangan yoki parchalangan molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi. Barcha sintez (hosil qiluv- chi) reaksiyalari energiyani yutilishi orqali ro‘y beradi. Parchala- nish reaksiyalarida esa aksincha, energiya ajralib chiqadi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya