Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə51/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
9-sinf biologiya

VI bob
RGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA individual RIVOJLANISHI



  1. §. Hujayra sikli

Ko'payish yoki o'zini o‘zi qayta tiklash organik (tirik) tabiatning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Ko'payish — bakteriyalardan tortib, sutemizuvchilargacha bo'lgan barcha tirik organizmlar uchun xosdir. Har bir o'simlik va hayvon, bakteriya va zamburug' turining yashashi, ota-ona va avlodlar o'rtasidagi izchillik faqat ko'payish tufayli saqlanib turadi.
Organizmlardagi hujayraning yashash muddati uning tuzi­lishi va funksiyasiga bog'liq holda xilma-xil bo'ladi. Misol uchun, nerv va muskul hujayralari embrional rivojlanish davri tugagan- dan keyin bo'linmaydi va organizmning butun umri davomida o‘z funksiyasini bajaradi. Boshqa hujayralar — suyakning ko'mik qis- mi iligi, epidermis, ichak epiteliysi butun umri davomida bo'linib ko'payib turadi. Shunday qilib, hujayraning hayot sikli bo'linishdan hosil bo'lgan yangi hujayraning nobud bo'lishigacha yoki keyin- gi bo'linishigacha bo'lgan davrni o‘z ichiga oladi. Organizmlarning hayot faoliyati va ko'payishi hujayralarning bo'linishi orqali ta’min- lanadi. Eukariot hujayralar asosan ikki xil usulda ko'payadi:

  1. Mitoz - somatik hujayralarning bo'linishi.

  2. Meyoz - jinsiy hujayralarning bo'linish usuli.

Mitoz (yunoncha “mitos” - ip degan so‘zdan olingan) sikli deb hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz bosqich- larini davom etishiga aytiladi. Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‘lgan, hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik davri interfaza deyi­ladi. Interfaza o‘z navbatida uch davrga bo‘linadi (26- rasm):

  1. DNK sinteziga tayyorgarlik davri G1 bilan belgilanadi. Bu davrda oqsil va RNK sintezi jadal kechadi. Biosintez reaksiyalari- da ishtirok etadigan fermentlar faolligi ortadi, hujayra jadal o‘sadi.

  2. Sintez davri S harfi bilan belgilanadi. Bu davrda DNK mole­kulasi reduplikatsiyalanadi va uning miqdori ikki hissaga ortadi. Oqsil va RNK sintezlanadi, hujayra markazi ham ikki hissaga or­tadi. Mitoxondriya va plastidalardagi DNK ham ikki hissaga ortadi. DNK ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki baro- bar ko‘p DNK hosil bo‘ladi (27- rasm).

  1. Sintezdan keyingi davr G2 harfi bilan belgilanadi. Bu davr hujayraning mitozga tayyorgarligini yakunlaydi. Bu davrda oqsil va RNK sintezi davom etadi. Interfaza tugaganidan keyin mitoz boshlanadi. Mitoz to‘rt bosqich — profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iboratdir (28-, 29- rasmlar).

Profaza — yadro kattalashadi, yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi, xromosomalar spiralga o‘ralib, kalta va yo‘g‘on holatga keladi. Xromosomalar mikroskopda aniq ko‘rinadi. Yadro qobig‘i va yadrochalar yo‘qoladi, xromosomalar sitoplazmada erkin holda joylashadi. Ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlay- di. Bo‘linish urchug‘i hosil bo‘lishi boshlanadi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə