|
Sitologiya va genetika-rasm^ Oqsil biosintezi sxemasi
|
səhifə | 49/100 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 244,49 Kb. | | #154335 |
| 9-sinf biologiya24-rasm^ Oqsil biosintezi sxemasi.
ning birikishidan hosil bo‘lgan triplet kod yordamida ifodalanadi. De- mak, bitta aminokislota 2 va undan ortiq kod yordamida ifodalanadi. Kodlarning umumiy soni 64 (43 = 4 x 4 x 4) taga teng. Shundan
ta kod oqsil sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi UAA, UAG, UGA, ular terminator tripletlar deb ataladi.
20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan foydalaniladi. Albatta, hosil bo‘ladigan kombinatsiyalar soni 64(43) kodlanadigan aminokislotalar sonidan ancha ko‘p, lekin ma’lum bo‘ldiki, 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq 2, 3, 4 va 6 kodon bilan kodlana oladi.
Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal hisobla- nadi. Demak, u mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir.
Oqsil sintezi. Oqsil biosintezi transkripsiya va translya- tsiya bosqichlaridan iborat. Tanskripsiya bosqichi yadroda amalga oshadi. Bunda DNK molekulasining bir zanjiri qismiga kom- plementar i-RNK sintezlanadi. Informatsion ribonuklein kislotasi tripletlarida oqsil tuzilishi haqida axborot yozilgan bo‘ladi.
Translyatsiya jarayoni ribosomalarda kechadi. Oqsilning bir- lamchi strukturasi to‘g‘risidagi i-RNK da nukleotidlar ketma-ket- ligi ko‘rinishida yozilgan axborotni aminokislotalar ketma-ketligi ko‘rinishida namoyon bo‘lishiga translyatsiya deyiladi. Riboso- mada translyatsiya boradigan qismining kattaligi ikkita tripletga to‘g‘ri keladi. Ribosoma i-RNK bo‘ylab surilib borayotgan vaqtda ribosomaning funksional markazida hamisha ikkita triplet bo‘ladi. Ribosoma i-RNK bo‘ylab tripletdan tripletga o‘tib turadi, lekin bir tekis o‘tmasdan, balki to‘xtab-to‘xtab, “qadamlab” o‘tadi. Bitta triplet translyatsiyasini tugatgandan keyin, u qo‘shni tripletga sakrab o‘tadi va biroz to‘xtaydi (90- betdagi 24- rasm).
Agar ribosamada i-RNK tripletiga t-RNK ning tripleti komple- mentar bo‘lsa aminokislotalar oqsil zanjiriga peptid bog‘i hosil qilib birikadi. Ribosoma terminator tripletga o‘tganida oqsil sintezi to‘xtaydi. Informatsion RNK ham ribosomalardan ajraladi (92- betdagi 25- rasm).
Transkripsiya va translyatsiya jarayonida bir oqsilga to‘g‘ri keladigan DNKning kichik bir qismi gen deb ataladi. O'rtacha oqsil molekulasini tuzish uchun ko'plab nukleotid zarur bolib, u bitta gen hisoblanadi. Mana shu genni boshqaruvchi qismlar tufayli genning uzunligi faqat aminokislotalarni kodlash uchun zarur nukleotidlar sonidan ortiqroq bo'ladi.
Hujayrada kechadigan jarayonlar juda aniq boshqarilishi tufayli hujayrada molekulalar faqat kerakli vaqtda va miqdorda sin- tezlanadi. Bu jarayondagi har qanday xato oqsil sintezining bu- zilishiga sabab bo'ladi. Oqibatda irsiy kasalliklar kelib chiqadi, sintez I anayotgan oqsilning polipeptid zanjiriga bitta aminokislota o'rniga boshqasi kirib qolsa, yaroqsiz boshqa oqsil molekulasi paydo bo'ladi, u kerakli oqsil vazifasini bajara olmaydi.
Plastik almashinuv deganda nima tushuniladi?
Hujayrada DNK sintezi qanday amalga oshadi? Translyatsiya va transkripsiyaga ta’rif bering.
DNK modeli asosida komplementarlik prinsipini ko‘rsatib bering.
Transkripsiya va translyatsiya jarayoni qanday amalga oshishini 24- rasm asosida tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: |
|
|