Sitologiya va genetika


Mustaqil yechish uchun masalalar



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə50/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
9-sinf biologiya

Mustaqil yechish uchun masalalar

  1. Agar nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ekanligini hisobga olsak, 90 ta aminokislotadan iborat oqsilni kodlovchi DNK fragmentidagi nukleotidlar sonini va DNK uzunligini toping.

  2. 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlaydi. Har bir nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga tengdir. Uzunligi 316,2 nm bo‘lgan gen asosida hosil bo‘lgan oqsil tarkibida nechta aminokislota va genda nechta nukleotid bo‘ladi?

  1. §. Hujayrada modda va energiyalar almashinuviga doir masalalar yechish

  1. Glikolizga ikki molekula glukoza uchragan undan faqat bir molekulasi kislorodli parchalanishga uchragan. Ajralib chiqqan karbonat angidrid gazini va hosil bo‘lgan ATF miqdorini aniqlang.

  2. Glikolizga to‘rt molekula glukoza uchragan, undan faqat ikki molekulasi kislorodli parchalanishga uchragan. Bunga sarf bo‘lgan kislorod miqdori va to‘plangan sut kislotani miqdorini toping.

  3. Glikolizga uch molekula glukoza uchragan. Hujayrada ne­cha molekula sut kislota, suv molekulasi, karbonat angidrid, ATF hosil bo‘lgan va qancha miqdor kislorod sarf bo‘lgan.

  4. Energiya almashinuvi jarayoni natijasida hujayrada 40 molekula ATF to‘plangan va 12 molekula CO2 gazi ajralib chiqqan. Necha molekula glukoza glikolizga va undan qanchasi kislorodli parchalanishga uchragan?

  5. Energetik almashinuv jarayonida hujayrada 78 moleku­la ATF va 12 molekula karbonat angidrid gazi hosil bo‘lgan. Aniqlangchi necha molekula glukoza glikolizga uchragan va un- dan qanchasi oxirgi mahsulotlargacha parchalangan?


  1. §. 5- laboratoriya mashg‘uloti

O
\
‘simlik bargida organik moddalarning hosil bo‘lishini o‘rganish



Ma’lumki, o‘simlik barglarida hosil bo‘ladigan asosiy orga­nik modda kraxmaldir. U quyosh nuri ta’sirida hosil bo‘ladi. Agar biron-bir usul bilan bargning ma’lum qismiga quyosh nurining ta’siri to‘sib qo‘yilsa, o‘sha joyda kraxmal hosil bo‘lmaydi. Bu hodi- sani quyidagi tajribada tekshirib ko‘rish mumkin.
Asbob va materiallar: Etil spirti, yodning 1 % li eritmasi, yorongul xona o‘simligi, ochiq joyda o‘sayotgan barg sathi katta birorta o‘simlik (otquloq yoki chinor daraxti).
Ish tartibi:

  1. O‘simlik bargini ostki va ustki tomonini to‘sadigan qora qog‘oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko‘rinishga ega shakl (uchburchak, to‘rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qis- tirg‘ichlar yordamida biriktirib qo‘yiladi.

  2. Oradan 2 soat o‘tgandan keyin barg kesib olinadi, qog‘oz olib tashlanadi va qaynab turgan suvda 2-3 daqiqa ushlana- di, so‘ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin spirtdan olib suvda yuviladi.

  3. So‘ngra bargni yod eritmasi solingan idishga olamiz. Shisha tayoqcha yordamida barg tekislansa bargning ochiq joyida ko‘k rangli dog‘ hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Bargni yopib qo‘yilgan joylari rangsiz bo‘ladi, chunki kraxmal hosil bo‘lmaydi.


O
\


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə