Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə47/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
9-sinf biologiya

Fotosintezning ahamiyati. Fotosintez organik birikmalar va kislorodni yetkazib beradigan birdan-bir manbadir. Fotosintezning umumiy mahsuldorligi nihoyatda yuqori bo‘lib, Yer yuzidagi o‘sim- liklar har yili juda ko‘p uglerodni o‘zlashtiradi. Natijada har yili bir necha milliard tonna organik moddalar sintezlanadi. O‘simlik- larning yashil barglari ularga tushadigan quyosh energiyasining 1 foizini fotosintez uchun sarflaydi. Fotosintezning mahsuldorligi bargl arning 1 m2 maydoniga soatiga taxminan 1 g organik mod- dani tashkil etadi. 1 m2 barg yozda bir kecha-kunduzda taxminan
15-16 g organik moddani hosil qiladi. O‘simliklarni issiqxonalarda sun’iy yoritish, suv bilan ta’minlanishi va boshqa sharoitlarni yax- shilash orqali fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin.
O‘simlik hujayralari ham kecha-kunduz nafas olib, tashqi mu- hitga karbonat angidrid gazini ajratib turadi. Lekin fotosintez nati­jasida o‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan kislorod miqdori bir vaqtda davom etadigan nafas olish jarayonida olinadigan kis- loroddan 20-30 baravar ko‘p bo‘ladi. Bu esa atmosfera havosi tarkibidagi kislorodning doimo muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi.


  1. Tirik organizmlar oziqlanish xiliga qarab qanday guruh- larga ajratiladi?

  2. Fotosintez deb nimaga aytiladi?



  1. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida qanday jarayonlar amalga oshadi?

  2. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichida qanday jarayonlar amalga oshadi?

Masalani yeching

  1. No‘xat o‘simligi hujayralarida yorug‘lik energiyasi hisobiga gluko- zaning to‘liq parchalanishidan 2356 molekula ATF sintezlanadi. Gyukoza parchalanishining ikkinchi bosqichida o‘simlik hujayrasida sintez l angan ATFda to‘plangan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.

Tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan ayrim bakteriyalar ham organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Ular anorga­nik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan ener- giyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi. Kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo‘layotgan organik birik- malarning kimyoviy energiyasiga aylantirish xemosintez deb ata­ladi. Bakteriyalar asosan anorganik moddalar oksidlanish reak- siyalardan hosil bo‘lgan energiyani organik moddalarni sintezlash- ga sarf qiladi. Bularga bir qator mikroorganizmlar: ammiakni azot
kislotaga aylantiruvchi nitrifikator bakteriyalar, ikki valentli temirni uch valentli temirga aylantiruvchi temir bakteriyalari, oltingugurt vodo rodini sulfat kislotaga aylantiruvchi oltingugurt bakteriyalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Atmosferadagi azotni o‘zlashtiradi- gan ayrim erimaydigan minerallarni o‘simlik tomonidan o‘zlashtira- digan shakllariga aylantiradigan xemosintetik bakteriyalar tabiatda moddalarning davriy aylanishida muhim ahamiyatga ega.
Xemosintezni amalga oshiradigan mikroorganizmlardan azot to‘plovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar eng muhimi hisoblana- di. Ular uchun ammiakni nitrat kislotagacha oksidlanish reaksiyasi energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa guruhi nitrit kislotani oksidlab nitrat kislotaga aylanish reaksiyasidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan mikroorganizm- lar, ayniqsa, azot to‘plovchi bakteriyalarning roli juda katta. Ular hosildorlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki havoda bo‘ladigan va o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan azot ana shu bak­teriyalarning hayot faoliyati natijasida o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan azot birikmalariga aylantirib beriladi.
Xemosintez deb nimaga aytiladi?
Xemosintezlovchi organizmlarga misollar keltiring. Xemosintezlovchi organizmlarning tabiatdagi roli nimadan iborat?


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə