§. Oqsillar. Aminokislotalar
Hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va aha- miyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi. Oqsillarning ele- mentar tarkibi uglerod 50-54 %, vodorod 6,5-7,3 %, kislorod 21-23 %, azot 16 % hamda oltingugurt 0,5 % dan iborat. Ularning tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi. Oqsillar hujayradagi boshqa organik birikmalardan o‘zlarining yuqori molekular massaga ega bo‘lishlari va tarkibida azot atomlari tutishi bilan farq qiladi.
Oqsillarning tuzilishi. Organik moddalar ichida eng murak- kabi oqsillardir. Ular polimerlar guruhiga kiradi. Polimer molekulasi uzun zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda nisbatan oddiy bo‘ladigan monomerlar bir necha marta takrorlanadi. Monomerni A harfi bilan belgilaydigan bo‘lsak, u vaqtda polimer strukturasini quyidagicha A-A-A-A-...A tasvirlash mumkin.
Tabiatda oqsillardan tashqari, boshqa polimerlar ham ko‘p, masalan, sellyuloza, kraxmal, kauchuk. Ular bir xil monomer- lardan, nuklein kislotalar esa to‘rt xil monomerdan tashkil topgan. Oqsil monomeri aminokislotalardir. Oqsil molekulasi faqat aminokislotalardan tuzulgan bo‘lsa ham bu monomerlar bir xil emas,
oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan farq qiladigan 20 xil amino- kislota kiradi.
Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar
|
Halqasiz (asiklik) aminokislotalar
|
Halqali (siklik) aminokislotalar
|
1. Glitsin
|
8. Leysin
|
15. Fenilalanin
|
2. Alanin
|
9. Izoleysin
|
16. Tirozin
|
3. Serin
|
10. Treonin
|
17. Triptofan
|
4. Sistein
|
11. Lizin
|
18. Gistidin
|
5. Sistin
|
12. Arginin
|
19. Prolin
|
6. Metionin
|
13. Asparagin kislota
|
20. Oksiprolin
|
7. Valin
|
14. Glutamin kislota
|
|
Aminokislotalar peptid bog‘ orqali o‘zaro birikadi va polipep- tid zanjirlarni hosil qiladi. Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar juda ko‘p va xilma xil bo‘lib, har bir oqsil o‘ziga xos ami- nokislotalar ketma-ketligidan iborat. Oqsil molekulalari ipsimon yoki yumaloq shakllarga ega bo‘ladi (21- rasm).
Aminokislotalar — quyi molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalaridir. Aminokislota organik kis- lota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining aminogu- ruh NH2 bilan almashinishidan hosil bo‘ladi. Ko‘pincha NH2 guruh karboksil guruhiga (COOH) qo‘shni uglerod atomining vodorodi o‘rniga kiradi. Aminokislotalar asosan bir xil sxemada tuzilgan.
1) molekulaning bir uchida karboksil guruhlar (COOH) joy- lashgan; 2) karboksil guruh yonida aminogruppa (NH2) joylash- gan. Barcha aminokislotalarda amino-karboksil guruh bir xil bo‘la- di, ular bir-biridan faqat radikallarining tuzilishi bilangina farqla- nadi. Shunday qilib aminokislotaning umumiy formulasini quyida- gicha yozish mumkin:
R
I
H-C-NH2
I
COOH
3) uchinchi tarkibiy qism radikal deyiladi va R harfi bilan bel- gilanadi.
Oqsil molekulasi hosil bo‘lishida aminokislotalar o‘zaro pep- tid bog‘ orqali birikadi. Bitta aminokislotaning karboksil guruhi va qo‘shni aminokislotani aminoguruhidan suv molekulasi ajra- lib chiqadi va bo‘sh qolgan valentliklar hisobiga aminokislota qoldiqlari bir-biri bilan birikadi. Aminokislotalar o‘rtasida peptid bog‘ vujudga keladi. Hosil bo‘lgan aminokislotalar birikmasi peptid deb ataladi. Ikkita aminokislotadan hosil bo‘lgan peptid dipep- tid, uchta aminokislotadan hosil bo‘lgani tripeptid, ko‘p aminokis- lotalardan hosil bo‘lgani polipeptid deb ataladi. Polipeptid tarkibida aminokislotalar 50 tadan kam bo‘lsa, polipeptid deb ataladi. Agar polipeptid tarkibida aminokislotalar soni 50 dan ortiq bo‘lsa shartli ravishda oqsillar deb ataladi.
Aminokislotalarning umumiy xossalari — aminokislotalar tarkibidagi amino va karbon guruhlariga hamda ularning qanday joylashganligiga bog‘liq. O‘simlik va ko‘pchilik mikroorganizmlar aminokislotalarni o‘zlari oddiy birikmalardan (CO2, suv, ammiak) sintezlay oladi. Yuqorida bayon etilganidek oqsil tarkibidagi aminokislotalar 20 xil bo‘lib shundan 10 tasi almashtirib bo‘lmaydigan
tasi esa almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar hisoblanadi.
Aminokislotalar organizmga faqat ovqat tarkibidagina kiradi. Bu aminokislotalar yetishmasligi odamlarda har xil kasalliklar-
Biologiya, 9- sinf.
ga, hayvonlarda esa mahsuldorlikning pasayishiga, o‘sish va rivojianishning sekinlashishiga, oqsil biosintezining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘p almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar genetik injeneriya va biotexnologiya usullari bilan olinmoqda.
O
1
qsilning elementar tarkibi haqida ma’lumot bering. Aminokislotalar qanday guruhlardan tashkil topgan? Aminokislotalar o‘zaro qaysi bog‘ hisobiga birikadi? Aminokislotalarning xossalari haqida ma’lumot bering.
1
|
Aminokislota tarkibida azot miqdori
|
А
|
90 %
|
2
|
Hujayradagi biomolekulalar miqdori
|
B
|
5—15 %
|
3
|
Hayvon hujayralarida uglevod miqdori
|
D
|
95 %
|
4
|
0‘simlik hujayralarida uglevod miqdori
|
E
|
1—2 % yoki 5 %
|
5
|
Hujayradagi yog‘ miqdori
|
F
|
20—30 %
|
6
|
Yog‘ to‘qimalari hujayralaridagi yog‘ning miqdori
|
H
|
16 %
|
1- 2- 3- 4-
|
5-
|
6-
|
2.
Agar oqsil molekulasi tarkibida 250 ta aminokislota bo‘lsa, bu oqsil molekulasida nechta peptid bog‘i bo‘ladi? Quyidagi jadvalda berilganlardan mos javoblarni juftlab ko‘rsating.
Dostları ilə paylaş: |