Sitologiya va genetika


Energetik almashinuv (katabolizm)



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə44/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
9-sinf biologiya

Energetik almashinuv (katabolizm). Hujayrada boradigan parchalanish jarayonini dissimilyatsiya, katabolizm deb ham ata­ladi. Bu jarayonida moddalarning parchalanishi, ya’ni oqsillarni aminokislotalarga, kraxmal glukozaga, yog‘lar yog‘ kislotasi va glitseringacha parchalanadi. Dissimilyatsiya jarayonida energiya ajraladi. Bu reaksiyalarning biologik ahamiyati shundaki, ular hu- jayrani energiya bilan ta’minlaydi. Har qanday harakat, plastik al- mashinuv jarayoni energiya sarfi bilan amalga oshadi.
Parchalanish reaksiyalarining yig‘indisi hujayrada energiya almashinuvi yoki dissimilyatsiya deyiladi. Dissimilyatsiya assi- milyatsiyaga qarama-qarshi lekin o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Chunki har qanday assimilyatsiya reaksiya- lari uchun energiya sarflanishi kerak, bu energiya esa dissimilya­tsiya reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladi.
Plastik va energetik almashinuv sababli hujayra hayoti saqlanib boradi, uning o‘sishi, rivojlanishi va vazifalarini amalga oshishi yuzaga chiqadi. Tirik hujayra ochiq sistemadir, chunki hu­jayra bilan atrof-muhit o‘rtasida moddalar bilan energiya tinmay almashinib turadi.
Metobolizm deganda nimani tushunasiz?
Moddalar almashinuvini qanday xillarga ajratish mumkin? Plastik almashinuv haqida ma’lumot bering.
Energetik almashinuv haqida gapirib bering.

  1. §. Energiya almashinuvi

\ ~
Energiya almashinuvi (dissimilyatsiya) jarayonida tirik orga- nizmlarda moddalarning parchalanishi ro‘y beradi. Bu assimilya- tsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchala­nishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun energiya al­mashinuvi jarayoni dissimilyatsiya deb ham yuritiladi.
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan barcha muhim jara- yonlardan biri, ularning aerob, ya’ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksid- lanishi tufayli ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi. O‘simliklarda esa maxsus nafas olish organlari bo‘lmay- di. Ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi.
Ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya organik birik- malar molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘lar- da mujassamlashgan bo‘ladi. Bir molekula, ya’ni 180 g glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan energiya miqdori 2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukoza- dagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi.
C6H12O6 + 6O2 ^ 6CO2 + 6H2O + 2800 kJ.
Ozuqa moddalardan ajralgan energiyaning bir qismi issiqlik energiyasi sifatida hujayradan tashqi muhitga ajraladi. Boshqa qis­mi esa adenozintrifosfat (ATF)ning energiyaga boy fosfat bog‘lari- da to‘planadi.
Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: hujayra bo‘lini- shi, muskullarning qisqarishi, moddalarning membaranalar orqali faol o‘tishi, nerv impulslarining nerv tomirlar bo‘ylab o‘tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.
ATF hujayradagi energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynay- di. U har qanday hujayra funksiyasini energiya bilan ta’minlab beruvchi bevosita manbadir. Harakatlanish, biosintez va boshqa- lar - hujayra faolligining har qanday turi ATF reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan energiya hisobiga boradi. Biroq hujayradagi ATF zaxirasi uncha ko‘p emas. Misol uchun, muskuldagi ATF zaxirasi muskulning 20-30 marta qisqarishiga yetadi. Lekin muskul soat- lab ishlashi va ming martalab qisqarishi mumkin. Shuning uchun ham hujayrada ATF doimo parchalanib borishi bilan bir qatorda u to‘xtovsiz sintezl anib turishi zarur. Hujayradagi uglevodlar, lipidlar va boshqa organik moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan energiyadan sarflangan ATF o‘rnini qoplash uchun foy- dalaniladi.
Tez bajarilishni talab etadigan qisqa muddatli harakatda, masalan, qisqa masofalarga yugurish vaqtida, muskullar qisqari­shi faqat ulardagi ATFning parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Yugurish tamom bo‘lganidan keyin odam kuchli nafas oladi — ana shu vaqtda uglevodlar va boshqa moddalar kislorod ta’sirida par­chalanib, hujayralardagi ATF zaxirasi o‘z o‘rniga keladi.
Shunday qilib, ATF hujayrani energiya bilan ta’minlab boradi­gan birdan bir universal manbadir.
D
1.
2.
3.
issimilyatsiya qanday jarayon hisoblanadi? ATFning kimyoviy tarkibi qaysi moddalardan iborat? ATF asosan qayerda sintezlanadi?


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə