Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə96/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
9-sinf biologiya

Sharqiy Osiyo markazi. Markaziy va Sharqiy Xitoy, Yaponiya, Tayvan orollari, Koreya kiradi (bu yerlardan 20 % dan ortiq madaniy o'simliklar tarqalgan, jumladan, soya va tariqning vatani hisoblanadi).

  • Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi. Kichik Osiyo, O rta Osiyo, Eron-Afg'oniston, Shimoliy-g'arbiy Hindistonni o'z ichiga oladi (14 % madaniy o'simliklar, shu jumladan, bug'doy, suli, duk- kaklilar, zig'ir, sabzi va boshqa ekinlar vatani).

  • O‘rta yer dengizi markazi. O rta dengiz qirg'oqlaridagi mamlakatlar kiradi (11 % madaniy o'simliklarning, karam, qand lavlagi, beda, zaytun daraxti vatani).

  • Abissiya (Efiopiya) markazi. O'ziga xos alohida dehqon- chilik madaniyatining juda qadimgi o'chog'i bo'lgan (oq jo'xori, arpa, banan, yovvoyi no'xat, kofe daraxti vatani).

  • Markaziy Amerika. Janubiy Meksika (oshqovoq, loviya, makkajo'xori, qalampir, g'o'za, kakao daraxti vatani).

  • Janubiy Amerika (And) markazi. Janubiy Amerikaning g'arbiy sohili bo'ylab And tog'lari tizmasi rayonlarining bir qismini o'z ichiga oladi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi.

    Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko'paytirilgan. N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o'simliklariga tegishli juda katta qismi O'zbekiston o'simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham saqlanmoqda va undan yangi navlarni yaratishda foydalanil- moqda.
    Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 ming dan ortiq na- munalarni o'z ichiga olib, 1041 o'simlik turlariga mansub. Bular- ga yovvoyi turlar, madaniy o'simliklarning avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofondidan olimlar xo'jalik jihatdan qim- matli hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunandalar- ga, qurg'oqchilik va boshqa ta’sirlarga chidamlilik belgilarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o'simliklar seleksiyasida misli ko'rilmagan yutuqlarga erishishga imkoniyat yaratadi. Masalan, yovvoyi g'o'za qimmatli genlari asosida yaratil- gan “Toshkent” navlari o'z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan.
    Seleksiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlarini sanang. Janubiy - G'arbiy Osiyo markazi qaysi o'simliklarning markazi hisoblanadi?
    O'zbekiston madaniy o'simliklar kelib chiqish markazlarining qaysi biriga kiradi?

    1. §. O simliklar va hayvonlar seleksiyasi

    Seleksiyaning asosiy vazifasi - odamlarning oziq-ovqat, este- tik va texnik talablarini to'liq qondiruvchi yuqori mahsuldor hayvon zotlari, o'simlik navlari va mikroorganizmlar shtammlarini yara- tishdan iboratdir. Zot yoki nav (toza liniya) deb, odam tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan organizmlar populyatsiyasiga aytiladi. Bular barqaror va qimmatli biologik hamda xo'jalik xossalariga ega bo'lib, bu xossalar nasldan-naslga o'tadi. Har bir zot va nav o'ziga hos xususiyatga, ya’ni reaksiya normasiga ega. Masalan, tovuqlarning oq lekgorn zoti ko'p tuxum beradi. Yashash sharoit- lari va ozuqa bilan ta’minlanishi yaxshilansa, tuxum berishi ortadi ammo uning massasi amalda oshmaydi. Fenotip (shu jumladan, mahsuldorlik ham) ma’lum sharoitlarda namoyon bo'ladi, shu sa- babli iqlim sharoitlari agrotexnik usullari va boshqarish har xil bo'lgan hududlar uchun moslashgan zot yoki nav yaratilishi zarur.

    Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə