Sitologiya va genetika


§. Seleksiya va biotexnologiya



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə99/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
9-sinf biologiya

§. Seleksiya va biotexnologiya

Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar faoliyatidan turli-tuman tex- nologik jarayonlarda keng foydalanilmoqda. Prokariotlar va bir hujayrali eukariotlar hayot faoliyatining mahsuloti bo'lgan ferment- lardan foydalanish xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida yildan- yil- ga ko'paymoqda. Non pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut mahsulotlarini tayyorlashda mikroorganizmlar, zamburug'lar va bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi. Shu mu- nosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va in- son uchun zarur bo'lgan, moddalarni ko'p miqdorda ishlab chiqa- radigan mikroorganizmlarning yangi shtammlari seleksiyasi jadal o'smoqda. Bunday shtammlar antibiotiklar, ferment va vitamin preparatlari hamda ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.
Masalan, mikroorganizmlardan B2, B12 vitaminlarini olishda foydalaniladi. Yog‘och qipiqlari yoki parafinda o‘sadigan achitqi zamburug'laridan ozuqabop oqsillar olinadi. Zamburug'lar tarkibi­da 60 % gacha oqsil moddasi to'planadi. Oqsilga boy bu prepa- ratni chorvachilikda qo'llash natijasida yiliga qo'shimcha ravish- da bir million tonnagacha go'sht yetishtirish mumkin. Mikroorga­nizmlar yordamida almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalarni ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Ozuqa tarkibida bun­day moddalarning yetishmasligi organizmlarning o'sishini keskin sekinlashtiradi. Hayvonlarning an’anaviy ozuqasi tarkibida al­mashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar kam bo'ladi. Mikrobiologik
yo'l bilan olingan lizin aminokislotasidan bir tonnasi hayvonlar ozuqasiga qo'shilsa, o'nlab tonna hayvonlar ozuqasini tejab qo- lish mumkin. Inson uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni tirik hujay­ralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi biotexnologiya deb ataladi.
Biotexnologiya jadal rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi. Keyingi 30 yil ichida turli xil bakteriyalar va zamburug'lar faoliyati- dan foydalanishga asoslangan bir qator yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasi- da ham “faoliyat” ko'rsatadi. Rudalardan metallarni ajratib olishda qo'llaniladigan odatdagi texnologiyalar tarkibi jihatdan murakkab bo'lgan rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni qayfa ishlash natijasida juda ko'p chiqindilar hosil bo'ladi, atmos- feraga zaharli gazlar ajralib chiqadi.
Metallar biotexnologiyasida sulfid bakteriyalari minerallarni ok- sidlashi natijasida ko'pchilik rangli metallar va noyob elementlar eritmalar tarkibiga o'tadi. Bu usul yordamida dunyo miqyosida bir necha ming tonna mis olinadi. Bu mis ana’naviy usulda olinadigan mislarga nisbatan 2-3 marta arzonga tushadi. Bakteriyalar fao­liyati yordamida rudalardan uran, oltin va kumush kabilar ajratib olinib, zararli elementlar mishyak kabilar zararsizlantiradi.
Olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan odam genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar gen muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o'ziga yot (begona) bo'lgan gen asosida ko'p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. Hozir­gi kunda shu yo'l bilan viruslar ko'payishini to'xtatuvchi interfe­ron oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.
Olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova,

  1. Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishi-

  2. ga katta hissa qo'shdilar. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlo- rella suv o'tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o‘tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan keng miqyosda foydalanishni yo'lga qo'ydilar.

M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug'larini o'rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.


©

1
2.
3.
4.

Mikroorganizmlar seleksiyasining xalq xo'jaligi uchun qanday ahamiyati bor?
Biotexnologiya deb nimaga aytiladi?
Gen muhandisligi deb nimaga aytiladi? Mamlakatimizda mikrobiologiya fani rivojiga hissa qo'shgan olimlar haqida ma’lumot bering.



  1. §. O‘zbekiston olimlarining biologiya va seleksiya sohasidagi yutuqlari

Vatandoshlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz o'zlari- ning tibbiyot va ekologiya sohasidagi qarashlari bilan biologiya fanlarining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shganlar.
Hozirgi davrda ham biologiya sohasining turli yo'nalishlarida o'zbek olimlarining hissalari juda katta va salmoqlidir. Jumladan, akademiklarimiz Q.Zokirov, A.Muzaffarovlar - botanika, T.Zoxi- dov, A.Muhammadiyev, J.Azimovlar - zoologiya, Yo.X.To' taqulov,

  1. Toshmuhammedovlar biokimyo va endokrinologiya, J.Xamidov hujayra va hujayra injeneriyasi, K.Zufarov hujayraning kimyoviy tarkibi bo'yicha, S.Mirahmedov, N.Nazirov, O.Jalilovlar seleksiya so- hasida, J.Musayev, A.Abdukarimovlar genetika sohasida, akademik I.Abdurahmonov, professorlar R.Muhammedov, O.Odilovalar ge­netik injeneriya va biotexnologiya, akademik K.SH.Tojiboyev O‘zbekiston florasini o‘rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini o'z shogirdlari bilan olib bormoqdalar. Shuningdek,

O'.T.Allanazorova O'zbekiston va MDH davlatlari o'simliklar qoplamini tarqalish qonuniyatlariga asoslanib, geobotanik xari- tasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib borib fan rivojiga katta hissa qo'shganlar va qo'shib bormoqdalar.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng g'allachilik, me- va-sabzavotchilik, g'o'za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. O'zbekistonlik seleksioner olimlar to­monidan g'alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil “Ulug'bek-600” va “Sanzor” navlari diqqat- ga sazovordir. O'zbekistonda yaratilayotgan bug'doy navlari o'ziga xos bo‘lib, boshqalardan fizik-kimyoviy tarkibi va texnologik xusu- siyatlari bilan ajralib turadi.
O'zbekiston g'o'za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoq- li o'rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz- da g'o'za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G'o'za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A.Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari katta. Olimlarimiz tomonidan g'o'za- ning serhosil, viltga chidamli navlari ko'plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidam­li “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari, akademiklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g'o'zaning serhosil “AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi navlari mashhurdir.
Respublikamiz olimlari keyingi yillarda ham g'o'za seleksiyasi sohasida samarali ishlar olib borib, ko'plab g'o'za navlarini yara- tishdi. Bularga istiqbolli yangi g'o'za navlari: “Buxoro-9”, “Buxo- ro-12”, “Namangan-39”, “Omad” kabi navlarni misol qilib olish mumkin. Akademik Ibrohim Abduraxmonov genetik injeneriya va biotexnologiya usullarini qo'llash orqali g'o'za genlaridan foydala- nishning yangi imkoniyatlarini ochib “Porloq” navini yaratdi.
2013- yildan boshlab fermer xo'jaliklarida “gen-nokaut” usulida yaratilgan “Porloq-1”, “Porloq-2”, “Porloq-3”, “Porloq-4” navlaridan sifatli va mo'l hosil olinmoqda. Bu usulni bug'doy, kartoshka, anor, uzum, chilonjiyda navlarini yetishtirishga ham tatbiq etilmoqda. Shuningdek, professor S. Raxmanqulov izdoshlari bilan birgalik­da g‘o‘zaning “Umid”, “Oqqo‘rg‘on-2”, “Mang‘it-1”, “Mang‘it-2”, “Is- tiqlol-14”, “Sulton” kabi navlarni yaratishdi.
Mamlakatimizda uzumchilik seleksiyasi ham keng rivojlan- gan. O'zbekistonda 500 ga yaqin uzum navi ekib o'stirilmoqda. Seleksioner olimlarimiz uzumning bir necha xil navlarini yaratgan- lar. Bulardan “Rizamat”, “Gultish”, “Sohibi”, “Hiloliy” kabi navlari diqqatga sazovordir.
O'zbekistonda bog'dorchilik qishloq xo'jaligining asosiy tar- mog'idir. Xalq seleksiya asosida olmaning “Oq olma”, “Qizil olma”, “Namangan olmasi”, “Targ'il olma”, “Qozi dastor” navlari, shaftolining “Vatan”, “Lola”, “Anjir shaftoli”, “Zarafshon”, “Farhod”, “Zarg'aldoq” navlari, shuningdek, o'rik, bodom, yong'oq, anorlar- ning xilma-xil navlari yaratilgan.
Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan sabzavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan bu- yon yangilab kelmoqdalar. Akademik Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlaka- timizning turli hududlarida ekilib mo'l hosil olinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning “Nimrang” - cho'zinchoq pushti o'rtapishar navi, “Obidov” - kechpishar, cho'ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor bo'ldi. Professor D.Abdukarimovning yaratgan “Samarqand” navi- dan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin. Hozirgi vaqtda olim­larimiz tomonidan genetik injeneriya usullarini qo'llash orqali kar­toshkaning ildizi ikki-uch barobar uzaytirilib, uning hosildorligi oshirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda juda ko'p yutuqlarga erishilgan. Jumladan, O'zbekiston chorvachilik inst itutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949- yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan
bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. 0‘zbekistonda yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. Bular barcha sharoitlarda yashay oladigan, chopqir ot zotidir.
0‘zbekistonlik seleksioner olimlardan kimlarni bilasiz? G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda qaysi olim rahbarlik qilgan?
I.Abdurahmonovning seleksiya sohasidagi ishlari haqida ma’lumot bering.
S.Raxmanqulov va uning izdoshlari tomonidan g‘o‘zaning qanday navlari yaratilgan?
Quyidagi jadvalda nomlari ko‘rsatilgan olimlar qaysi sohada faoliyat ko‘rsatishganligini juftlab ko‘rsating.

1

J.Xamidov

A

genetika

2

Yo.X.To‘raqulov

B

o'simliklar qoplami

3

J.Musaev

V

flora

4

0‘.T.Allanazorova

G

biokimyo va endokrinologiya

5

K.SH.Tojiboev

D

genetik injeneriya

6

I.Abdurahmonov

J

hujayra va hujayra injeneriyasi

7

J.Azimov

Z

zoologiya

-
7
-
6
-
5
1
-
3
-
2
-



KIRISH

BIOLOGIYA —^ 1
KIRISH 15
HAYOTNING UMUMIY QONUNIYATLARI 44
1-§. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari 45
2-§. Tiriklikning tuzilish darajalari 75
3-§. Hayotning hujayrasiz shakllari 98
4-§. Prokariot hujayralar 128
5-§. Eukariotlar - o‘simliklarning xilma-xilligi 181
6-§. Zamburug‘lar dunyosi 207
D“l 217
7-§. Hayvonlar dunyosi 268
10-§. Hujayrani o‘rganish usullari 314
11-§. Eukariot hujayralar 316
12-§. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz va membranali organoidlari: endoplazmatik to‘r, ribosomalar, golji majmuasi 321
13-§. Mitoxondriya, plastidalar, lizosomalar va sitoplazmaning boshqa organoidlari 323
15-§. Prokariot va eukariot hujayralar 329
16-§. Hujayralar evolutsiyasi 330
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI 335
1 335
19-§. Hujayraning kimyoviy tarkibi 335
20-§. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va anorganik moddalar 337
21-§. Biomolekulalar 341
22-§. Uglevodlar 342
23-§. Lipidlar 344
24-§. Oqsillar. Aminokislotalar 346
25-§. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi | 350
26-§. Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar 352
27-§. Oqsillarning funksiyasi 354
28-§. Nuklein kislotalar 356
• •• 357
32-§. Energiya almashinuvi bosqichlari 364
33-§. Hujayraning oziqlanishi 366
35-§. Hujayrada plastik almashinuv | 371
37-§. 5- laboratoriya mashg‘uloti 375
39-§. Meyoz 379
40-§. Tirik organizmlarning ko‘payish xillari 382
41-§. Jinsiy ko‘payish 386
43-§. Embrional rivojlanish davri | 394
44-§. Postembrional rivojlanish 400
45-§. Embrion rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri 404
46-§. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun. Embrionlarning o‘xshashlik qonuni 406
47-§. Genetikaning rivojlanish tarixi 409
48-§. G.Mendel qonunlari. Monoduragay chatishtirish 412
50-§. Di-poliduragay chatishtirish. Mendelning uchinchi qonuni 420
54-§. Genlarning polimer ва ko‘p tomonlama ta’siri 427
56-§. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi 432
57-§. Jins genetikasi 436
61-§. Mutatsion (genotipik) o‘zgaruvchanlik 444
62-§. Odam genetikasini o‘rganish usullari 449
63-§. Odamdagi irsiy kasalliklar 453
64-§. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari 458
65-§. O simliklar va hayvonlar seleksiyasi 460
67-§. O‘zbekiston olimlarining biologiya va seleksiya sohasidagi yutuqlari 466
BIOLOGIYA 470

ABDUKARIM ZIKIRYAYEV , ANVAR TO'XTAYEV ,
IBROXIM AZIMOV, NIKOLAY SONIN
BIOLOGIYA

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə